2025-YILNING TIBBIY YUTUQLARI: DIABET, YURAK, SARATON
img description
Yangi dorilar, innovatsion usullar va kasalliklarni davolashdagi inqiloblar.

Yurak kasalliklari

▪️ Semizlikni davolashda yangi in'ektsiyalar inqilob yaratdi. Kardiologlar endi Ozempic va unga o‘xshash preparatlardan katta umid kutmoqdalar. Bu dori vositalari modda almashinuviga ta’sir qilib, vaznni kamaytiradi, qon bosimi va qon hajmini pasaytiradi. Bu yurak yuklamasini kamaytiradi va hatto yallig‘lanish darajasini tushiradi.

▪️ Yurak yetishmovchiligini davolash bo‘yicha yirik tadqiqotlarda yangi dori — aldosteron antagonistining ijobiy natijalari qayd etildi. Finerenon deb ataluvchi bu preparat aldosteron gormonini bostiradi va shu orqali yurak va buyraklarni himoya qiladi.

Saraton

▪️ Bir nechta kompaniyalar 2025-yilga kelib teri saratoni, o‘pka saratoni va ichak saratoniga qarshi dori vositalarini yaratish bo‘yicha e’lon qilishdi!

▪️ CAR T-hujayra terapiyasida ham yutuqlar kutilmoqda. Bu usulda immun hujayralari laboratoriyada modifikatsiya qilinadi va saraton hujayralariga qarshi faol bo‘ladi. Hozirgi kunda u faqat qon saratonini davolashda qo‘llanilmoqda. 2025-yilda esa o‘pka, teri va ichak kabi qattiq o‘smalarni davolashda ishlatilishi mumkin.

Diabet

▪️ Shifokorlar butunlay yangi dori vositasi yaratilishini kutmoqdalar. Tirzepatid moddasi qondagi shakar miqdorini kamaytiradi va vazn yo‘qotishga yordam beradi. Uni haftada faqat bir marta yuborish kifoya.

▪️ Qand miqdorini tushiruvchi va tabletkalar shaklida qabul qilinadigan yana bir dori yaqin yilda paydo bo‘lishi mumkin.

Altsgeymer kasalligi

▪️ 2024-yil oxirida Altsgeymerni davolash uchun lekanevab dorisi tasdiqlandi. 2025-yilda esa donanemab nomli yana bir preparat tasdiqlanishi kutilmoqda.

Professor Kristof Klyaynshnitsning so‘zlariga ko‘ra, bu «haqiqiy burilish nuqtasi». Ikkala antitana infuziyasi miya hujayralarida zararli oqsillarni yo‘q qiladi, Altsgeymer kasalligining sabablarini birinchi marta bartaraf etadi va kasallik rivojlanishini sekinlashtiradi!