ATЕROSKLЕROZ
img description
ATЕROSKLЕROZ

ATЕROSKLЕROZ

        Aterosklerozni lug‘at tarjimasi grekcha “athere” –bo‘tqa va “scleros”- qotishma, zich ma’nolarini anglatadi. Aterosklerozda, yog‘ moddasi bo‘lgan xolesterin yurak aortasi, miya va tanadagi boshqa yirik arteriya qon tomirlarining ichki devorlariga yopishib, kattalashib borgan sari tomir ichini toraytirishi, natijada undan o‘tuvchi qon oqimini kamayishiga sababchi bo‘ladi. Ateroskleroz qonni quyuqlashuvini ortishi bilan kechadi va bu holat arteriya tomirlarini devorida xolesterin yog‘larini yig‘ilib, toshmalar (“blyashka”) hosil qilib, oxir oqibat tomir ichini butunlay to‘silib qolishi (tromboz), masalan, miya arteriya tomirlarida oyoq-qo‘ldagi falajlik (insult), yurakda infarkt, oyoqlarda esa yara, gangrena yuz berishi olib kelishi mumkin.
        Ilmiy tadqiqotlar natijasida aterosklerozni kelib chiqishida organizmdagi modda almashinuvini buzilishi va bu jarayon asta sekinlik bilan rivojlanib, asosan 50 yoshdan (ba’zan 30 yoshdan) keyin o‘zining belgilarini namoyon qiladi. Bolalarning arteriya qon tomirlarida ham aterokleroz yog‘ toshmalarini aniqlanishi va keksa yoshdagilarda juda oz bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi, arteriya tomirlarida xolesterinni yig‘ilish jarayoni odam organizmini qarishi bilan bog‘liq emasligidan darak beradi. Professor N.N.Anichkov tomonidan xolesteringa boyitilgan ovqat bilan hayvonlarni ovqatlantirish natijasida ularda ateroskleroz paydo bo‘lishi aniqlangan. Buning tasdig‘i sifatida, Shvetsiyada aholini aksariyat hayvon yog‘larini iste’mol qilishi aterosklerozni bu yerda keskin ko‘payishi, Italiyada esa odamlarda aterosklerozni kam uchrashi, ovqat ratsionida o‘simlik yog‘ini ko‘proq ishlatilishi bilan izohlab, misol keltirish mumkin. Xitoy aholisida ham ateroskleroz kam foizda uchraydi, chunki ularning taomida to‘yingan yog‘larga nisbatan to‘yinmagan yog‘larning (Vit F tarkibiga kiruvchi linolin va linolen kislota) ulushi bir necha barobar ko‘p miqdorda ekanligi tufayli, aterosklerozni davolashda ijobiy natijaga erishiladi. 
       Ovqatda yog‘ miqdorini keskin kamaytirish orqali qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish mumkin, lekin bu har doim yuz bermaydi, sababi xolesterin organizmda oqsil va uglevodlardan ham hosil bo‘lishi (endogen xolesterin) aniqlangan, tashqaridan ovqat bilan kiradigan xolesterin esa ekzogen xolesterin deb ataladi. Aterosklerozni paydo bo‘lishida ko‘proq endogen xolesterin aybdor, chunki kuniga organizmda 2 gramm miqdorida hosil bo‘lsa, tashqaridan organizmga kiradigan xolesterin miqdori bor-yo‘g‘i 0,5 grammni tashkil etar ekan. Ma’lumki, organizmdagi barcha to‘qimalar (nerv to‘qimasidan tashqari) xolesterin ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Shuningdek, qondagi xolesterin kimyoviy jarayon orqali oqsil bilan birikib (lipoprotein), ularning ayrimlari arteriya qon tomirlarining ichki devoriga kirgan holda, ateroskleroz bo‘tqa(blyashka)larini paydo qiladi. 
        Qonda xolesterin miqdorini yuqori bo‘lishi, hali bu ateroskleroz degani emas, balki kasallik belgilaridan biri xolos va u mustaqil ravishda kamayib, ko‘payib turishi mumkin. Lekin baribir, 40 yoshdan keyin bu belgini e’tibordan chetda qoldirmaslik va barcha profilaktika tadbirlari, jumladan ovqatlanish rejimiga amal qilish kerak. Masalan ovqat ratsionida hayvon yog‘ining miqdorini kamaytirish, 35-40 gramm hayvon yog‘iga 50 gramm o‘simlik yog‘i nisbati tavsiya etiladi. Shuningdek, har kuni jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, ish jarayonida tanaffuslar qilish va to‘g‘ri dam olish hamda tiniqib uxlashni unutmaslik kerak.
       Tadqiqotchi olimlarni ateroskleroz bilan vitaminlar o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkinligi masalasi ham qiziqtirgan. Bu sohada, D vitaminini ko‘p miqdorda ovqat bilan istemol qilinganda, qon tomirlarda kalsiy tuzlarini to‘planib, xolesterinni bir turi bo‘lgan kalsinozga olib kelishi ma’lum bo‘ldi. Aterosklerozga sababchi bo‘lmaydigan vitaminlardan S (askorbin kislotasi), V12, V6, RR, A, Ye ushbu kasallikni oldini olish va davolashda keng qo‘llaniladi. Odamda, uning vena qon tomiriga 10-20 kun davomida askorbin kislotasi yuborilganda, shuningdek, bemorga Vit.A va Ye berilganda ham qondagi xolesterin miqdori kamayishi mumkin. Bu borada, ushbu vitaminlarni o‘zida ko‘p miqdorda saqlovchi oziq-ovqatlarni tez-tez iste’mol qilib turish foydali.


(“Здоровье” jurnali, 1960, № 1, prof. Ya.Yu.Shpirt maqolasi asosida tayyorlandi)