ATЕROSKLЕROZ VA VITAMINLAR
img description
Vitaminlarning aterosklerozni davolashdagi roli: askorbin kislotasi, yod va boshqa vitaminlarning ahamiyati

         Ma’lumki, ateroskleroz asta-sekin yillar davomida rivojlanadigan kasallikdir va bir necha bosqichlari farqlanib, ularni har birida turli dorilar ishlatiladi.
        Biz umumiy jihatdan yondashgan holda vitaminlarni ateroslerozdagi ahamiyatini ko‘rib chiqamiz. Zero vitaminlar kasallikni ko‘pgina bosqichlarini hisobga olgan holda, boshqa dorilar bilan birga davolashda qo‘llaniladi.
         Aterosklerozni askorbin kislotasi (Vit.S) bilan davolash Moskva shahridagi SSSR fanlar akademiyasining terapiya institutida ishlab chiqilgan. Ateroskleroz kasalligi bo‘lgan bemorlar kuniga 4 mahal 0,25 grammdan askorbin kislota olganlar. Davolash kursi bir oy oralatib, bir oy mobaynida, jami bir yil 4va 5 marotaba bo‘lgan. Ijobiy natija odatda 2 yildan keyin kuzatilgan. Davolash kursida bir sutka davomida 0,3-0,5 gramm askorbin kislota ishlatilishi ham yomon natija bermagan. 
       Askorbin kislota qabul qilgan aksariyat bemorlarda qondagi xolesterin miqdori normaga tushgan, yurak sohasidagi og‘riqlar yo‘qolgan yoki kamaygan. Ayrim bemorlarda mehnat qobiliyati tiklangan. Ushbu davolashda hech qanday asoratlar kuzatilmagan.
       Askorbin kislotani draja holida yuqorida aytilgan sutkalik dozada va umumiy kursda tavsiya etilganidek qabul qilish mumkin. Shifokorlarning tavsiyasiga muvofiq askorbin kislotani 0,3-0,5 gramm miqdorida vena ichiga yuborish ham mumkin. Odatda shunday muolaja 20-30 marotaba bajarilishi va 2-3 oy o‘tkazib qayta berilishi mumkin.
       Vit.6 va Vit.12, Vit.A va Vit.Ye larni aterosklerozni davolashdagi xususiyatlarini o‘rganish bugungi kunda davom etmoqda. Bir narsa aniqki, masalan, bitta vit.Ani o‘zi aterosklerozni davolashda ahamiyatsiz, ammo Vit.A va Vit.Ye ni mushaklar ichiga yuborish natijasida qondagi xolesterin miqdori kamayishi mumkin.
        Yod preparatini aterosklerozni davolashda qadimdan ishlatiladi. Ma’lumki. Yod qalqonsimo bezning faoliyatini oshirib, organizmdagi modda almashinuvini kuchaytirishi natijasida yog‘larni erishi sababli xolesterinni kamayishi ro‘y beradi.
        Bugungi kunda shifokorlar tomonidan har kuni 3 marotaba ovqatdan keyin sutga 10-15 tomchi yod tomizib ichish tavsiya etiladi. Davolashni kuniga 3 mahaldan 5 tomchidan boshlab, har kuni 1 tomchidan qo‘shilgan holda 10-15 tomchiga yetkaziladi. Yod bilan davolashni yaxshisi kun issiq bo‘lgan oylarda boshlab, bir yilda 3 ta kurs o‘tkazish mumkin.
        Ba’zi odamlarda yod burun, og‘iz bo‘shlig‘i va halqumni ta’sirlashi mumkin. Bunday holatlarda yod tomchisi ichishni to‘xtatib, o‘rniga tarkibida sayodin preparatini 0,5 grammdan sutkasiga 2-3 mahaldan ichishga o‘tiladi. Sayodin 20 kun mobaynida qabul qilinib, so‘ngra 10 kun tanaffus qilinadi.    


(“Здоровье” jurnali, 1960, № 6, prof. Ya.Yu.Shpirt maqolasi asosida tayyorlandi)