Uchinchi o‘quv choragi oxirladi... Tabiiyki, o‘tgan 7 oy mobaynida o‘quv darslaridan keyin o‘quvchilar charchagan bo‘lib, dam olishga haqlidirlar. Bahorgi kanikul qisqa bo‘ladi. O‘quvchilarning kuchlarini yaxshiroq tiklash uchun kanikuldan qanday foydalanish kerak?
Birinchidan, eng asosiysi bolalar ko‘proq ochiq havoda bo‘lishlari lozim. Zero, o‘qish paytida aynan shu narsa yetishmaydi.
Sayr va toza havodagi o‘yinlar – aqliy mehnat qobiliyatini tiklash, kayfiyatni yaxshilash, ishtahani oshirishni eng maqbul vositalaridir.
Bu paytda, albatta, bolalarni mavsum ob-havosiga mos ravishda kiyinishlariga e’tibor qaratish lozim. Bolalardagi tana haroratini muvofiqlashtirish mexanizmi, kattalardagiga nisbatan u qadar takomillashmaganligi sababli tezda terlab ketadilar. Poyafzal ham alohida g‘amxo‘rlikni talab qiladi – namlikdan ishonchli himoya qilishi kerak.
Kanikul davrida o‘quvchi uchun ko‘ngilochar o‘yinlarni tanlashda, eng muhimi, ochiq havoda o‘tkaziladigan tadbirlarga urg‘u berish lozim.
Odatda, maktablarda jamoa bilan birgalikda sayohatga chiqish, kino, teatr, sirk, konsert, muzeylarga borish tashkil etiladi. Albatta, bolalarga yangi taassurotlar, quvonch bag‘ishlovchi san’at ham zarur. Lekin bunday sayohatlar shu qadar ham ko‘pmi? Spektakl muvaffaqiyatli tanlanganmi? Aksariyat hollarda bolalar bir necha soat havosi dim bo‘lgan zalda vaqt o‘tkazib, hech qanday qoniqish olmaydilar.
Ba’zida ota-onalar ham bolasining a’lo baholarini taqdirlash maqsadida hattoki har kuni kinoga borishlariga ijozat beradilar. Bunday iltifot aqldanmi? Tez-tez bo‘lgan ko‘rsatuvlar bolaning asab tizimini qo‘zg‘atish bilan birga, uni toliqtirib, muvozanatdan chiqaradi.
Kanikul davrida odatdagi kun tartibini buzmaslik kerak – kech o‘rindan turish va kech yotish. Bir haftadagi bunday noto‘g‘ri rejim, bolani izdan chiqaradi; keyin uni erta turishi qiyinlashadi; kechqurun u o‘z vaqtida uxlay olmaydi va ertasiga maktabga bo‘shashgan, lanj ahvolda, dam olmagandek boradi. Birinchi va ikkinchi smenadagi o‘quvchilar ertalabki soat 7 da o‘rindan turishlari, kichik yoshdagilar soat 21.00 dan o‘tmasdan, kattalari – soat o‘n yarimdan kechikmasligi kerak.
Shuningdek, odatdagidek, bir kun ham oralatmasdan ertalabki badan-tarbiya mashqlarini bajarishlari zarur. Agarda o‘quvchi biron-bir sababga ko‘ra, ilgari mashqlar bilan shug‘ullanmagan bo‘lsa, bahorgi kanikul badan-tarbiya mashqlarini boshlash uchun qulay imkoniyat bo‘lishi mumkin. Tong otgan, havo ochiq va yoqimli ekan, xonaga mart oyi quyoshi va bahorning mayin shabadasini kiritish hamda 10 daqiqani harakatlarga bag‘ishlash, odamga faqat rohat bag‘ishlab, tanani tetiklashtiradi.
Agarda dam olish yaxshi bo‘lsa, o‘quvchilar kanikuldan keyin g‘ayrat bilan darslarga kirishib, o‘quv yilini muvaffaqiyatli tugatadilar.
"Zdorove" jurnali, 1962, № 3, D.S.Lenskaya maqolasidan foydalanildi.