BOLAGA HUQNA QANDAY QILINADI?
img description
Bolalarda ich qotishini huqna yordamida qanday yengillashtirish mumkin

Bolani ich qotishida, uni tozalash uchun huqna (klizma) qilishga to‘g‘ri keladi va dastlabki oylarida suvni taxminan 2 oshxona qoshig‘ida, 6-9 oyligida chorak stakanda, bir yoshga to‘lgan bo‘lsa, yarim stakanda suv kiritiladi. Bunday suv qaynatilgan, iliq va 35-36 gradusli haroratda bo‘lishi kerak.

Dorixonadan xarid qilingan rezina ballon qaynatiladi, so‘ngra har gal foydalanishdan avval unga issiq suv tortiladi va chiqarib tashlanadi.

Huqna bolani bezovta qilmasligi uchun ohista, ehtiyotkorlik bilan bajariladi. Ballonga suv to‘ldirilgach, uning uchlik qismi qaynatilgan vazelin yog‘i bilan quyuq qilib surtiladi va ballonni yuqori ko‘tarib, tomchi suv ko‘ringunicha uning tubini eziladi. Tizzalaridan buklangan bolaning oyoqlari qorin tomonga buklangan holda yonboshlatib yotqiziladi va suvni asta-sekin yuboriladi.

Huqnadan tez-tez foydalanish tavsiya etilmaydi.

Shifokorning ko‘rsatmasisiz bolaga surgi dori vositalari berish mumkin emas. Eng yaxshisi, bolaning ichini parhez chora-tadbirlari bilan muvofiqlashtirgan ma’qul. Bolaning yoshiga qarab, ichni yurishtiruvchi meva sharbatlari, kefir, qora olxo‘ri, qirg‘ichdan o‘tkazilgan olma berish mumkin.

Здоровье” jurnali, 1960, №11, prof. M.M.Bubnova maqolasidan foydalanildi.