BOLAM SHIRINLIKNI YOQTIRADI
img description
Bolalar va shirinliklar: Qanchalik muhim va qanday cheklash kerak

BOLAM SHIRINLIKNI YOQTIRADI

Yangi tug‘ilgan chaqaloqda dastlabki kunlardayoq ta’m bilish qobiliyati mavjud bo‘ladi. Shirin suvni yutoqib ichadi. Ammo unga shakarsiz suv, tuz yoki boshqa bir nordon narsa qo‘shib bersangiz yuzini burishtirib bezovtalanadi. Asta-sekin 2-3 yoshlik bo‘lgan bolakay turli xil ta’mlarni ajrata oladigan bo‘ladi. Masalan, 5 foiz shakar qo‘shilgan suvni 2,5 foizidan farqlay oladi.
Bola 6 oylik davrida faqat shirin ovqat – ona sutidan foydalanadi, chunki unda sutli shakar bo‘ladi. Sigir suti ona sutidan kamroq shirinlikka ega va sutli aralashmaga lavlagi shakaridan qo‘shishga to‘g‘ri keladi.
Bolani shirinlikka o‘chligi uni injiqligi bilan bog‘liqmi? Albatta, yo‘q!
Shakar uglevodlarga mansub bo‘lib, asosiy quvvat manbai hisoblanadi. Bundan tashqari uglevodlar yog‘larni to‘liq parchalanishi va oqsilni organizmda yaxshi o‘zlashtirilishiga sababchi bo‘ladi, organizmda suv almashinuvini muvofiqlashtiradi va vitaminlarni tashib beradi.
Organizm uglevodlarni asosan o‘simliklarga boy ovqatlardan oladi. Deyarli barcha shirin ho‘l mevalar va sabzavotlar uzum shakari – glyukoza, shirin ho‘l meva va asalda esa bundan tashqari meva shakari – fruktoza bo‘ladi. Shakarqamish va lavlagi shakari disaxaridlarga tegishli bo‘lib, ichaklardagi fermentlar ta’sirida parchalanishga uchraydi va organizmga glyukoza holida qabul qilinadi. Ovqatlanishda shirinlik ta’mi bo‘lmagan disaxaridlar katta rol o‘ynaydi. Ularga, masalan, ko‘plab oziq-ovqatlarning asosiy tarkibiga kiruvchi kraxmal mansubdir. O‘simlik hujayralarining qobig‘i tarkibiga kiruvchi kletchatka, ichaklarda hazm bo‘lmaydi, ammo uning ishini tartibga soladi.
Dastlabki yarim yillikda bolaning 1 kg og‘irligiga 12 gramm uglevod yetarlidir, 5-6 oylikdan boshlab bolani ovqatiga kasha, sabzavot pyuresi, kisel, ho‘l mevalar va unli uglevod mahsulotlarining miqdori va turlari kengayadi.
Murakkab ovqatlanish jarayonidan o‘tib, uglevodlar ichaklarda so‘riladi va qonga o‘tadi. Ammo ularning so‘rilishi turlicha: kraxmal juda sekinlik bilan hazm bo‘lsa, shakar juda tezso‘riladi.
Haddan ortiq shakarni iste’mol qilish bolaning sog‘lig‘iga yomon ta’sir ko‘rsatadi . Uglevodlar ichaklarda bijg‘ishni keltirib chiqaradi va ichaklar harakatini kuchaytiradi, ich surishiga olib keladi.
Ma’lumki, shirinlikni ovqatdan oldin tanavvul qilinganda ishtaha yo‘qoladi. Sababi, glyukoza tezda qonga so‘rilib, bosh miya po‘stlog‘idagi ovqat talab qiluvchi markazning qo‘zg‘alishini pasaytiradi. Agarda qondagi shakar miqdori ortib ketsa, ko‘ngil aynash, ba’zan qusish ro‘y beradi, natijada biron-bir shirinlikka nisbatan uzoq yillargacha ko‘ngil qoladi.
Bola qanday shirinliklar va qanday miqdorda qabul qilishi mumkin?
Bir yarim yoshgacha bo‘lgan bolaga qandolat mahsulotlarini bermang. Ularga kasha, kisel, kompot va yangi ho‘l mevalarni tarkibidagi shakar yetarli hisoblanadi. Bolani birinchi shirinligi murabbo, povidlo, djem, marmelad va quruq pechene bo‘lishi mumkin.
Karamel, monpanse, pirojniy, tortlar yuqori oziqaviy bahoga egadir. Ammo kichik yoshdagi bolalar tarkibida tuxum, yog‘lar, turli qo‘shimcha va essensiyalar bo‘lgani uchun ularni yaxshi qabul qilolmaydilar.
Bunday shirinliklarni 3 yoshdan boshlab, oz miqdorda berish mumkin. Shu o‘rinda shokolad asab tizimini qo‘zg‘atishi va shu sababli asablari qo‘zg‘aluvchan, notinch bolalarga yaxshisi bermaslik, uning o‘rniga boshqa shirinliklarni bergan ma’qul. Shokoladni ich qotishiga (qabziyat) moyillik bo‘lganda ham tavsiya qilinmaydi.
Bir yarim yoshdan boshlab bola kuniga 2-3 dona konfet yoki 2 qoshiqchada asal iste’mol qilishi mumkin. Tort va pirojniylarni o‘ta ehtiyotkorlik bilan berish tavsiya etiladi. Yog‘li kremlar tezda buziladi: eskirgan qandolat mahsulotlari ichaklar faoliyatiga yomon ta’sir ko‘rsatishi, zaharlanish kabi belgilari bilan kechishi mumkin.
Barcha shirinliklar faqat ovqatdan keyin beriladi va uni ishtaha bilan hazm bo‘lishiga yordam beradi, foydali va hatto kerakli hamdir. Ba’zi ota-onalar bolaning ishtahasini ochish uchun ko‘proq shirinlik berib ko‘radilar. Natija esa kutilganidan butunlay teskarisi – ovqatdan butunlay yuz o‘girishga olib keladi. Bunday holatlarda ozgina tuzlangan yoki chuchuk ovqat, masalan, yuvilgan seld, bir qoshiqcha tuzlangan karom berish foydali bo‘ladi.
Organizmda uglevodlar ko‘p bo‘lsa, yog‘ga aylanib, ichki a’zolar atrofida,to‘planadi. Ba’zi bolalarda, uglevodlarga boy ovqatlar qabul qilinganda terida qichima toshmalar, ekzema, pastki qovoqlarni shamollashi (blefarit) paydo bo‘ladi. Uglevodlarni cheklash, tezda bolaning ahvolini yaxshilanishiga olib keladi.
Bolani sog‘lom rivojlanishi uchun barcha oziqa moddalarni o‘zaro teng miqdorda va turli xilda bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Uglevodlar ham turli xil ovqatlardan – kasha, unli mahsulotlar, sabzavotlar, ho‘l mevalar va foydali hamda yoqimli qo‘shimchalar – ko‘p bo‘lmagan shirinliklardan iborat bo‘lishi lozim.


(“Здоровье” jurnali, 1960, № 2, t.f.n. I.M. Ostrovskaya maqolasidan foydalanildi)