Ko‘pincha ishtahani yo‘qolishi, bolaning organizmida biron-bir nosozlikni belgisi sifatida namoyon bo‘ladi va shuning uchun avvalo uni tekshirish lozim. Ammo sog‘lom bolada ham ovqatni iste’mol qilishda ishtaha bo‘lmasligi mumkin. Ana sunda bolani tarbiyalashdagi kamchiliklar haqida o‘ylash mumkin.
Asosiy qoida – ovqatlanish rejimiga qat’iy rioya qilish, bolaga beriladigan ovqat miqdorini oshirmaslik, emizish orasida suvdan boshqa narsa bermaslik kerak.
Ona suti va sutli aralashmalarni ishtaha bilan yeydigan bola ba’zan ovqatdan (sabzavotli pyure, qiymalangan go‘sht, suyuq ovqatdan butunlay yuz o‘giradi. Bu holat bolani o‘ziga notanish bo‘lgan ovqatdan qo‘rqishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Notanish ta’m, ko‘rinish, hid bolani sergak torttiradi. Bunday hollarda bolani yangi ovqatga ko‘nikishi uchun vaqt berish kerak. Ba’zida bir necha kun davomida ona ko‘kragini emizishdan oldin qo‘shimcha ovqatdan 2-3 qoshiqchada berish, so‘ngra yangi ovqatga to‘liq o‘tish foydali hisoblanadi.
Ovqatlantirish paytida bolada qusish ro‘y beradigan bo‘lsa, o‘ta ehtiyotkorlik, sabr va xotirjamlik bilan emizish lozim. Ko‘pincha yosh onalarda kuzatiladigan xavotirlanish va xavfsirash holatlarini bola sezmasligi zarur.
Bolani oldiga tutiladigan salfetka doimo ozoda bo‘lishi lozim, chunki xarakterli chuchuk hid qusish refleksini mustahkamlashi mumkin. Bunday bolalarda so‘lak kam ishlab chiqarilishi natijasida ovqat uni og‘zida quruq tishlam holida turib qoladi va uni yutolmaydi. Shuning uchun ikkinchi ovqatni sharbat, kompot, kisel bilan ichirish kerak.
Ba’zida boladagi qusishni to‘xtashiga uni ovqatlantirishdagi shart-sharoitni (boshqa joy, bolani ovqatlantirishda ishlatiladigan boshqa idish-tovoqdan foydalanish, boshqa shaxs tomonidan ovqat berish) o‘zgarishi ham sababchi bo‘ladi.
Agarda bola ovqatdan qat’iy bosh tortadigan bo‘lsa, uni majburlamasdan yaxshisi bitta ovqatlantirishni o‘tkazib yuborish lozim. Hech qachon bolani majburan ovqatlantirish uchun unga jahl qilish, siltalash, qichqirish va xafa bo‘lish kerakmas. Bularning barchasi uning ishtahasini yanada yomonlashtiradi.
(“Здоровье” jurnali, 1960, № 7, prof. M.M.Bubnova maqolasi asosida tayyorlandi)