Odatda, sut tishlarini yorib chiqishi 6-7 oylikdan boshlanadi. Ularni yorib chiqish tartibi bunday: 6-9 oylikda kesuvchi pastki markaziy, 9-10 oyda ikkita yuqorigi, 10-12 oylikda pastki va yuqorigi yondosh kesuvchi tishlar chiqadi. Bola bir yoshga to‘lganida odatda 8 ta tishi chiqqan bo‘ladi: to‘rtta yuqori va to‘rtta pastki. So‘ngra asta-sekin boshqa sut tishlari paydo bo‘ladi va ularning soni 20 taga yetadi.
Sut tishlari yorib chiqayotgan paytlarda, hatto undan ham oldinroq bolaning so‘lak bezlarini funksiyasi kuchayadi. Bolakay reflektor ravishda so‘lagini yutishni eplay olmaydi. So‘lak ularni og‘zidan oqib chiqib, dahaniga yoyiladi va parvarishi yaxshi bo‘lmasa, bu yerdagi teri ta’sirlanib, qizaradi. Bola qo‘lchalari bilan dahanini ishqalaydi, barmoqlari, o‘yinchoqlarni og‘ziga tiqadi. Bu paytda, ko‘pincha onalar tish yorishidan bola og‘riq sezyapti deb, noto‘g‘ri fikr yuritadilar. Har qanday ko‘ngil aynishini bolani tishi yorib chiqayotgani bilan bog‘laydilar.
Vaholanki, juda ko‘p hollarda bolada sut tishlarini yorib chiqishi mutlaqo og‘riqsiz kechadi. Bolaga maxsus plastik xalqa va boshqa predmetlarni berishni hech qanday hojati yo‘q, faqat kamdan-kam hollarda tishni yorib chiqishi qiyinroq kechadi. Agarda milklar shamollab, qizaradigan bo‘lsa, paxta bo‘lagini bor kislotasining yengil eritmasida ho‘llab, shishgan joylari bir kunda 2-3 marta artib tozalanadi.
“Здоровье” jurnali, 1960, №11, prof. M.M.Bubnova maqolasidan foydalanildi.