CHAQALOQQA QACHON QO‘SHIMCHA OVQAT BЕRILADI?
img description
Ona suti yetarli bo‘lmaganda chaqaloqqa qo‘shimcha ovqatni qachon va qanday berish kerak?

CHAQALOQQA QACHON QO‘SHIMCHA OVQAT BЕRILADI?

Agarda onaning suti kam va chaqaloq ovqatga to‘ymayotgani ma’lum bo‘lsa, shifokor odatda unga qo‘shimcha ovqat belgilaydi.

Oldiniga chaqaloq ona ko‘kragiga tutiladi va sut aralashmasi solingan butilkani issiq suvli idishga solib qo‘yiladi. Bola ona sutini oxirigacha so‘rib bo‘lganiga ishonch hosil qilinganidan keyingina unga qo‘shimcha ovqat beriladi.

Mabodo chaqaloqqa oldin qo‘shimcha ovqat aralashmasi berilsa, u ona ko‘kragini so‘rishdan ko‘ra yengilroq bo‘lgan ovqatlanish usuliga o‘rganib qoladi va ko‘krakni olmay qo‘yadi. Vaholanki, ona suti kam bo‘lsada, bola organizmi uchun bebaho hisoblanadi va uni saqlamoq kerak.

Qo‘shimcha ovqatni qoshiqchada berishga harakat qilib ko‘rish lozim. Agarda bu yordam bermasa, uzun shoxli soska o‘rniga, yangi chiqqan qisqa kichikroq soskadan foydalangan ma’qulroq. Bunday soskani butilkani og‘ziga kiydirish oson, tabiiy shaklga yaqin va uni teshibning hojati yo‘q, ya’ni o‘zi teshilgan holda bo‘ladi.


“Здровье” jurnali, 1960, №11, prof. M.M.Bubnova maqolasidan foydalanildi.