CHO‘MILISHDAN EHTIYOT BO‘LING!
img description
Suzish va cho'milish paytida xavf-xatarlardan qanday qochish kerak

Cho‘milish, suv muolajalari yurak va qon tomirlar ishini yaxshilaydi, asab tizimi, nafas olish a’zolarini mustahkamlaydi. Lekin cho‘milayotganlar, suv aksariyat hollarda xavfli bo‘lib, har yili ko‘plarning hayotini olib ketishini ham esda tutishlari kerak.

Umuman suzishni bilmaydiganlar o‘zlarining beparvoliklari, ehtiyotsizliklari sababli cho‘kadilar. Ko‘pincha, ularni orasida spirtli ichimlikni iste’mol qilib, suzmoqchi bo‘lganlar tez-tez uchraydi, chunki suvga tushgach, noma’lum suv havzasi ichiga kirib ketadilar.

Halok bo‘luvchilar qatorida suzishni yaxshi bilmaydigan, o‘ziga haddan ortiq baho berib yuboradiganlar ham bo‘ladi. Qirg‘oqdan uzoqroq masofaga suzib borgach, birdan hayajonlanib, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar va orqaga qaytishga qaror qilib bir necha metr suzgandan keyin oyoqlarini suv tubiga tekkizmoqchi bo‘ladilar. Bu harakatlari natijasiz bo‘lgach, ularda his-tuyg‘uli (emotsional) shok holati sodir bo‘ladi.

Ammo suv havzasida yaxshi suzuvchilar ham halok bo‘ladi. Bu holat suvni harorati 18 gradusga yetmagan va atrofdagi havo haroratidan ancha past bo‘lganda yuz beradi.

Hatto, sog‘lom odamlarda ham bunday haroratli suvga, ya’ni suvni harorati, atrofdagi havo haroratidan past bo‘lganda, tushmaslik tavsiya etiladi.

Ayniqsa, bunday suvga bosh bilan sho‘ng‘ish hatarli hisoblanadi. Quyosh tig‘ida ko‘p yoki kam muddat davomida bo‘lgan odam organizmida qonni qayta taqsimlanishi ro‘y beradi: miya va ichki a’zolarda odatdagidan ko‘p qon to‘planadi, teridagi qon tomirlar kengayadi. Bunday holatda haroratni birdaniga o‘zgarishi bosh miya va yurakni oziqlantiruvchi qon tomirlarni keskin torayishini keltirib chiqaradi. Natijada bir necha soniyalik behushlik sodir bo‘ladi va shuning o‘zi halokatni yuz berishiga yetarli bo‘ladi.

Jazirama issiqda ko‘p piyoda yurish yoki sport o‘yinidan keyin charchagan va qizib turgan tana bilan salqin suvga sho‘ng‘ish aldab qo‘yishi mumkin.

To‘yib ovqatlangach, to‘q qorin bilan cho‘milish ham mumkin emas. Bunday hollarda qon qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarga quyilishi natijasida mushaklar kuchsilanib qoladi. Suv bosimini oshqozon sohasiga ta’siri qusishga olib kelishi mumkin. Qusuq to‘plami esa nafas olish yo‘llari, o‘pka to‘qimasiga tushib, nafas olishni buzadi va suvda hushdan ketishga sababchi bo‘ladi.

Cho‘milish uchun eng yaxshi vaqt, ertalabki 9-10 soatlarda, nonushtadan ikki soat o‘tgan payt hisoblanadi.

Ateroskleroz, yurak kasalliklari, qon bosimi yuqori bo‘lgan odamlar suvda juda ehtiyot bo‘lishlari kerak.

Yuqoridan suvga sakrash, malaka, alohida tayyorgarlik va sog‘liq yaxshi bo‘lishini talab etadi. Bunday tarzda suvga sho‘ng‘ish, o‘rta quloqni yallig‘lanish kasalini boshdan o‘tkazgan yoki quloq ichki pardasi teshilgan odamlar uchun juda xavfli ekanligidan ko‘pchilik bexabar bo‘ladi.

Bir yarim metrdan ortiq suv chuqurligiga sho‘ng‘ish paytida ushbu teshik orqali bosim ostidagi suv o‘rta quloqqa va u yerdan yevstaxiyev naychasi bo‘ylab burun-tomoq bo‘shlig‘iga o‘tadi. Nafas olish yo‘llariga tushgan suv, bo‘g‘ilishni keltirib chiqaradi, yo‘tal boshlanadi, odam bir necha tez-tez nafas oladi va suvni yutib yuboradi.

”Zdorove” jurnali, 1962, № 6, t.f.n. Yu.P.Edel maqolasidan foydalanildi"