CHUCHUK SUT MAHSULOTLARINING XUSUSIYATLARI
img description
Chuchuk sut mahsulotlari: foydalari va tibbiy tavsiyalar

Chuchuk qatiq (prostokvasha) – ichaklardagi chirish va bijg‘ish jarayonlarini kamaytiradi, qorin dam bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday qatiqda V1 va V2 vitaminlari sutga qaraganda bir necha barobar ko‘p bo‘ladi va organizmda yengil hazm bo‘lishi sababli yurak-qon tomir kasalliklarida tavsiya etiladi.

Atsidofil chuchuk sut mahsulotlari ichaklardagi kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ayniqsa, antibiotik va sulfanilamid preparatlari bilan birgalikda oshqozon-ichak kasalliklarini (dizenteriya, kolit, dispepsiya) oldini olishda, kislotalikni kamayishi bilan kechuvchi gastritlar, jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarini davolashda foydalaniladi.

Atsidofil pastalari tarkibida suv kam bo‘lgani sababli boshqa atsidofil mahsulotlariga nisbatan foydaliroq hisoblanadi. Ushbu pasta surtilgan bint bog‘lamasini yiringli va kuyishdan keyingi yaralar ustiga qo‘yish mumkin. Shuningdek, ko‘kragi uchidagi yoriqlarga shifo bo‘ladi, ammo teridagi ho‘l toshmalar ustiga qo‘yish mumkin emas.

Maxsus ivitilgan qatiq (kefir) oddiy sutga nisbatan organizmda tez hazm bo‘ladi. U ichaklardagi achish-bijg‘ish jarayonlarini qaytaradi va organizmdan siydik toshlarini chiqib ketishiga yordam beradi. Bir kunlik kefir sut kislotasi kam miqdorda bo‘lishi bilan ichaklarga bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi; kuchli uch kunligi – yanada mustahkamlaydi.

Kefirni shifokorlar kamqonlik, ateroskleroz, o‘pka, o‘pka pardasi, jigar va buyrak kasalliklarida tavsiya etadilar. Oshqozon yarasi va kislotalik yuqori bo‘lgan gastritlarda kefir va boshqa chuchuk sut mahsulotlari tavsiya etilmaydi, chunki ular oshqozon sokidagi kislotalik darajasini oshirib yuboradi.

Biyadan olinadigan qimiz o‘ta davolash xususiyatiga ega bo‘lib, unda oqsil, kalsiy tuzlari, A, S va V guruxi vitaminlariga boy hisoblanadi. Qimiz asab tizimini mustahkamlaydi va ishtahani ochadi. Uni, aksariyat vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik, sil kasalligini boshlanishida, kolitlar va oshqozon sokidagi kislotalikni pasayishida tavsiya etiladi.

Qimizda alkogol mavjudligi sababli, uni yurak va asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini oldini olish maqsadida bir kecha-kunduzdagi miqdorini 1-2 litrdan oshirmaslik kerak. Shuningdek, qimiz bilan ho‘l mevalar yoki ko‘katlarni bir vaqtda iste’mol qilib bo‘lmaydi. Sil kasalligini faol davrida, yurak nuqsoni bo‘lganlarda, semirish, oshqozon yarasi va oshqozon shirasidagi kislotalikning yuqori bo‘lishi hamda buyrak kasalliklarida tavsiya etilmaydi.

Tvorog tarkibida ko‘plab aminokislotalar, jumladan jigar faoliyati uchun muhim bo‘lgan metionin va xolin bo‘lib, organizmdan xolesterinni chiqib ketishiga yordamlashadi, natijada ateroskleroz kasalligini rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatadi. Tarkibida xolin mavjudligi tufayli yog‘ va oqsil modda almashinuvida ishtirok etadi, yosh organizmni o‘sishi va asab tizimi faoliyatini normallashtiradi. Tvorog kalsiy miqdoriga boy bo‘lgani uchun sil, raxit, anemiya kasalligiga chalingan bemorlarga tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, tvorog organizmdan suvni chiqib ketishini kuchaytirishi sababli, tanasida shish, ho‘l ekzema, siydik qopini yallig‘lanishi hamda xafaqonlik kasalligida foydali hisoblanadi.

Pishloq, xuddi tvorog kabi yengil hazm bo‘luvchi oqsillar, yog‘lar, minerall tuzlar va vitaminlarga boydir. O‘tkir, tuzli va yoqimli hid berishi bilan ishtahani ochadi, oshqozon va ichaklarda sokni ko‘proq ishlab chiqarilishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun pishloqdan kamqonlikda, ishtaha yo‘qligida, oshqozon sokida kislotalik kam bo‘lgan gastritda foydalaniladi.

Pishloqda tuz ko‘p miqdorda bo‘lishi va oshqozon-ichak sokida kislotalikni oshiruvchi ta’siri bo‘lgani uchun oshqozon-ichak yaralari bo‘lgan shaxslar, kislotalik yuqori bo‘lgan gastritlarda, buyrak shamollashida va shishlar bilan kechadigan yurak kasalliklarida tavsiya etilmaydi.

Quyuq qaymoq (smetana) 20-40 foiz yog‘ bo‘ladi. Ovqatlar ta’mini yaxshilashi bilan birga, u davolashda ham ahamiyatlidir. Ko‘pincha kamqonlik, ishtahasizlik va ovqatni hazm qilinishi buzilgan hollarda tayinlanadi. Smetanani ko‘p miqdorda iste’mol qilish, ichaklarni bo‘shashtiradi.

Semirib ketgan va to‘la odamlarga shifokorlar yengil hazm bo‘ladigan ovqatlarni tavsiya etgan hollarda sut, kefir, prostokvasha yoki tvorogni tanavvul qilish maslahati beriladi.

”Здоровье” jurnali, 1962, № 6, prof. R.B.Davidov, prof. V.P.Sokolovskiy maqolasidan foydalanildi".