ENG QULAY BOG‘LAMA
img description
BF-6 Yelim: Yorliq va Himoya

Dorixonalarda “Kley BF-5” deb yozilgan yorliqli (etiketka) kichik shishachalarni ko‘rishingiz mumkin. Nima uchun kanselyariya mollari do‘konida emas, dorixonada sotiladi, deb hayron bo‘lmang.

BF-6 yelim, maxsus sintetik smolaning sterillangan spirtli eritmasidir. U tezda qotib, yupqa elastik parda hosil qilib, bir necha kun mobaynida teri ustida mahkam turishi mumkin. Shuning uchun ham ozroq kuygan, tirnalgan, yorilgan joylarni tozalash uchun bog‘lama (“povyazka”) o‘rnida ushbu yelimdan foydalanish qulay.

Yelim jarohat bo‘lgan joyni tozalab, turli iflos narsalardan himoya qiladi: bunday bog‘lama ayniqsa yuz, barmoq bo‘g‘imlari, kaftda qulaylik yaratadi, chunki bu joylarda bint sirg‘alib ketadi yoki ishlashga halaqit beradi.

Jarohat yuzasiga shisha tayoqcha bilan yupqa qilib surtilgan yelim bir necha daqiqadan keyin qurib qoladi. Agarda yelim po‘sti jarohat bitmasdan ko‘chishga boshlasa, eski “bog‘lama” ustidan yangisini qo‘yish mumkin. Ifloslangan yoki kuchli yallig‘langan teri yuzasiga yelimni qo‘ymaslik kerak – bu holatda shifokorga murojaat qilish lozim bo‘ladi. Agarda jarohat qonayotgan bo‘lsa, yelim yomon quriydi: BF-6 yelimni surtishdan oldin qonni to‘xtatish zarur. Yelimni yaxshisi salqin joyda saqlash lozim. Og‘zi yaxshilab yopilgan shishachadagi yelim uzoq vaqt davomida buzilmasdan turadi.

Kerakli paytda darhol foydalanish uchun BF-6 yelimi uydagi dorilarni saqlash joyida bo‘lgani yaxshi.



”Здоровье” jurnali”, 1962, № 3, O.I.Kochnova maqolasidan foydalanildi.