HARAKAT QILING, KЕKSALAR!
img description
Keksalar uchun jismoniy mashqlar va faol dam olish qoidalari

Keksalar organizmini qanday mustahkamlash va keksalikni ortga surish mumkin? Salomatlik uchun nima foydali – bir joyda o‘tirib dam olishmi yoki ko‘proq harakat qilishmi?

Buning uchun oila sharoitida arqoncha olib, bir uchiga yuk osiladi, ikkinchi uchiga qo‘l bilan ushlash uchun g‘altaksimon ushlagich bog‘lanadi. Oddiy bo‘lgan bu moslama bilan mashq qilishni asta-sekin, shoshmasdan, nafas olish va chiqarishni nazorat qilgan holda, kuchanmasdan bajarish kerak. Mashqlarni yarim kilogramm yukni tortib ko‘tarishdan boshlab, oz-ozdan oshirib boriladi. Natijada bir necha oydan keyin odam o‘zini bardam his qila boshlaydi.

Oilada shug‘ullanish uchun yana bir qulay va foydali hisoblangan to‘rt burchakli o‘tirg‘ichi bo‘lgan stuldan foydalanish hisoblanadi. Stul yordamida ertalabki jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish mumkin.

Gimnastika tayoqchasi bilan mashqlarni bajarish qiziqarli bo‘lib, qomatni to‘g‘ri va chiroyli, mushak-bo‘g‘imlarni egiluvchan bo‘lishini ta’minlaydi.

Yoz kunlari ochiq suv havzalari (daryo, ko‘l, anhor va h.) oldida bo‘lish tanaga huzur bag‘ishlovchi ta’sir ko‘rsatadi, qon tomirlarni “gimnastika” qildiruvchi, tetiklashtiruvchi, nafas olishni faollashtiruvchi, asab tizimini tinchlantiruvchi, organizmni sog‘lomlashtiruvchi, kuch bag‘ishlovchi bebaho omillar hisoblanadi.

Tabiiy manzaralarga boy qirg‘oq bo‘ylab piyoda yurish, suvdagi qayiqda sof havodan nafas olish bilan sayr qilish organizmga beqiyos foyda beradi. Qayiqda sayr qilishda yo‘lni yarmigacha suv oqimiga qarshi yurish, qaytishda esa oqim yo‘nalishida harakatlanish tavsiya etiladi.

Keksalar uchun faol dam olishning yana bir ko‘rinishi – mamlakatning yaqin xududlariga sayohat qilishdir. Uzoq yurtlarga yoki mahalliy xududlarga sayr qilishni muvaffaqiyatli bajarishlari mumkin. Natijada piyoda yurish orqali organizmda modda almashinuvi hamda yurak-qon tomir va nafas olish tizimini faoliyati yaxshilanadi. Odam o‘zini yaxshi his qilishiga qarab, sayr sayr qilish masofasi, tezligi va qadam tashlashini asta-sekin oshirishi mumkin. Sayr qilishda xududning so‘lim, manzarali yo‘nalishlarini o‘zgartirish, ba’zan esa biroz tepalik sari boriladigan yo‘lni tanlash tavsiya etiladi.

To‘lalikka moyil bo‘lgan keksalar tushlikdan keyin ham piyoda sayr qilishlari lozim. Agarda sayr qilish uchun vaqt topish imkoni bo‘lmasa, ishga yayov borish kerak. Lekin yayov yurish masofasi 2-3 kilometrdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Natijada yo‘lga sarflangan 15-20 daqiqa sog‘liq uchun foydali bo‘lgan ko‘plab soatlarni tejab qolishingizga xizmat qiladi. Jismoniy harakatlar qon aylanish tizimidagi yetishmovchiliklar, ateroskleroz, xafaqonlik, semizlik, podagra va boshqa kasalliklarni oldini oladi.



”Здоровье” jurnali, 1962, № 3, shifokor V.R.Nikolayev maqolasidan foydalanildi.