Jismoniy va aqliy charchoqdan keyin bir piyola yoqimli hidli va ta’mli issiqqina choydan ichsangiz butun badaningiz yayrab, miyangiz yana tiniq ishlay boshlagani, kuchingiz qayta tiklanganini his qilasiz. Buning sababi nimada?
Bugungi kunda bunyoda 1 mln. tonnadan ortiq choy mahsulot ishlab chiqariladi. XIX-asrning boshlarida olimlar choy bargidan kofein moddasini ajratib oldilar va choyning barcha xususiyatlarini unga bog‘lab tushuntirdilar. Ammo XX-asrga kelib, quritilgan choy bargida 25 foizni tashkil etuvchi, o‘ziga xos kristall birikmalar – katexinlar kashf etildi. Qora choyni olish jarayonida barglarni g‘ijimlash va parchinlash paytida katexinlar oksidlanadi. Natijada oksidlanish mahsulotlari choyga xos bo‘lgan ta’m, rang va bizga ma’lum bo‘lgan hidni beradi.
1936 yili Ssent-Derdi boshchiligidagi vengriyalik tadqiqotchilar limon va qizilqalampirdan mayda qon tomirlar (kapillyar) devorini mustahkamlaydigan, uning elastikligi, o‘tkazuvchanligini ta’minlovchi preparat – R vitaminini aniqladilar va undan yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda samarali qo‘llash boshlandi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, katexinlar R vitamini guruxiga kiruvchi birikmalar tarkibiga kirgan holda, choyga o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lib, qon tomir devorlariga mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatar ekan. Odam organizmidagi kapillyarlarning devorini qalinligi millimetrning yuzdan biriga teng bo‘lib, unda 0,04 - 0,05 mikron kattalikdagi mayda teshiklar mavjudligi aniqlangan. Ushbu teshiklar orqali kapillyarlar organizm to‘qimalariga oziq moddalarni yetkazib, ulardan parchalanish mahsulotlarini olib chiqib ketadi.
Ba’zi bir kasalliklarda kapillyarlarning ana shu teshikchalari kengayib ketishi natijasida, nafaqat oziqa moddalarning mayda molekulalari (shakar, aminokislota, vitaminlar), balki yirik molekulali oqsil va qizil qon tanachalarini ham o‘tkazib yuboradi. Demak, kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanligi ortib, noziklashib qoladi va buning natijasida qon tomirlar yorilib, to‘qimalarga qon quyiladi.
Tana terisini lat yeyishi oqibatida, shu yerni o‘zida ko‘kimtir dog‘lar paydo bo‘lishi, organizmdagi kapillyarlar devorini o‘tkazuvchanligi oshgani haqida ma’lumot beradi (Nesterov probasi).
Katexin preparatlarini gepatit, revmatik endoartrit, nefrit, ayrim xafaqonlik va teri kasalliklari, radiaktiv nurlanish, keksa yoshdagilarda kapillyarlar o‘tkazuvchanligini ortishi kuzatiladigan holatlarda foydali ekanligi tibbiy amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi. Ko‘pincha, qizamiq, ko‘kyo‘tal, revmatizm, nurlanish va boshqa kasalliklar natijasida kapillyarlar devorini o‘tkazuvchanligini davolashda ham katexinlar ishlatila boshlandi. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini ortishi, aksariyat olimlar tomonidan gialuronidaza fermenti qon tomirlar devorida to‘plangan gialuron kislotasini parchalashi bilan tushuntiriladi.
Yer sharining shimoliy xududlarida kuz va qish faslarida kapillyarlardagi o‘tkazuvchanlikni ortishi, yangi o‘simlik oziqalari va ulardagi R vitamini yetishmasligi, shuningdek antibiotik va sulfanilamid preparatlarini uzoq muddat iste’mol qilinishi, og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish bilan izohlaydilar.
Nihoyat, R vitamini xususiyatiga ega bo‘lgan katexinlar askorbin kislota bilan birgalikda qon tomirlar devorini o‘tkazuvchanligini oshirishi aniqlandi va tabiiy askorbin kislota na’matak, qora smorodina, ignabargdan olindi. R vitaminiga nisbatan S vitamini milklarni osongina qonashi bilan xarakterlanuvchi singa kasalligida ko‘proq foydaligi ekanligi tadqiqotlarda aniqlandi.
Katexin tabletkalari o‘rniga ko‘k va qora choy qaynatmalarini tavsiya etish mumkin. Eng ma’quli ko‘k choy bo‘lib, unda 20 foizga yaqin katexin bo‘ladi. Choyda katexinlardan tashqari kofein mavjudligini esda tutish lozim.
Bundan tashqari, katexinlar ho‘l mevalarda – olma, olxo‘ri, shaftoli, uzum, qora smorodinada, garchi choydagi miqdordan kamroq bo‘lsada, organizmni katexinlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda ishtirok etadi.
”Здоровье” jurnali”, 1962, № 4, akad. A.L.Kursanov, k.b.n. M.N.Zaprometovlar maqolasidan foydalanildi.