• yuzni xona temperaturasidagi suv bilan yuvish va bunda ishqorli sovundan foydalanmaslik, spirt yoki odekalon bilan artmaslik kerak;
• yuzga vazelin, glitserin va eng yaxshisi “BOLALAR” sovunidan foydalanish mumkin;
• sovun bilan haftasiga 2-3 marotaba yuzni yuvish yetarli hisoblanadi;
• yuz terisini ishqalamasdan, ehtiyotkorlik bilan yumshoq sochiq yordamida quritiladi va qattiq, g‘adir-budir sochiqlarni ishlatmaslik kerak;
• yuz terisini shamol, namgarchilik, sovuq, quyosh nurlaridan saqlash uchun oziqlantiruvchi, mindal va lanolin kremlarini surtish lozim. Ba’zan, kremni o‘rniga tovuq tuxumining sarig‘i, bir stakan qaymoq, bitta limon soki va stakan odekalon aralashmasini ham qo‘llash mumkin. Ushbu aralashmani salqin joyda, og‘zi keng flakon idishda saqlash kerak. Aralashmani paxta tamponi bilan yuzga surtiladi.
• kechasiga yuzni o‘simlik yog‘i bilan artish foydalidir;
• yuz terisi salqishini oldini olish uchun o‘ng yonboshlab yoki kuraklarni bosib uxlash va bunda bosh chuqur botib ketmaydigan yostiqdan foydalanish kerak;
• oval holdagi yuzning tabiiy to‘g‘ri chiziqlarini saqlash uchun og‘iz ichini parvarishlash katta ahamiyatga ega, chunki tishlarning yo‘qligi, jag‘ mushaklarini atrofiyasi (ozishi) yuzda chuqur ajinlarni keltirib chiqarishi mumkin;
• yuzdagi shishlar va ko‘zlar ostidagi “qopchalar”ni paydo bo‘lishi nafaqat terini salqishi, balki yurak va boshqa a’zolarning kasalliklari natijasida ham yuzaga kelishini unutmang. Bunday holatlarda oila shifokoriga murojaat qilish kerak;
• yuz terisini yaxshi saqlash uchun faqat uni parvarishlash yetarli emas: yuqoridagi tavsiyalarni mahalliy davolash va organizmning umumiy holatini mustahkamlash maqsadida gigiyenik chora-tadbirlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Bu borada ertalabki jismoniy badan-tarbiya mashqlarini bajarish va namlangan sochiq bilan artinish, doimiy ravishda ichaklar faoliyatini tartibli tutish, o‘ta to‘yib ovqatlanishdan saqlanishga rioya qilish kerak.
Yuqoridagi ko‘rsatma va tavsiyalarga amal qilingan taqdirda keksalik yoshingizda ham yuz terisini erta qarimsiqligini oldini olish bilan chiroyli ko‘rinishdagi holatini saqlab qolishingiz mumkin.
Shokir QOSIMOV
(“Здоровье” jurnali, 1957, № 5, L.A.Dranovskaya maqolasidan foydalanildi)