KЕKSAYGANDA MUNKILLAB QOLMAY DЕSANGIZ
img description
Yoshlar qolish uchun jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanish

Men 60 yoshga to‘lganimda to‘ladan kelgan, kamharakat, bir so‘z bilan aytganda “to‘kilib” qolgan odam edim. Ko‘p tamaki chekardim, yog‘li ovqatlarni yoqtirardim. Ko‘pincha boshim aylanib, yuragimda o‘qtin-o‘qtin og‘riqlar bo‘lib turardi.

Tanishlarimni maslahati bilan chekishni tashladim, lekin o‘zgarishlar bo‘lmadi. Shunda, do‘stlarim sog‘lom, ish qobiliyati va uzoq umr ko‘rishga oid bir nechta kitoblarni o‘qishga berishdi. Ularda berilgan tavsiyalarga binoan men oila shifokoriga uchrashdim. U ham jismoniy badan-tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish, kundalik rejimga qat’iy rioya qilishim kerakligini tayinladi.

Oldiniga xafa bo‘ldim – keksa yoshimda endi badan-tarbiya qilishim qoluvdi-mi? Lekin, baribir shifokorni bergan maslahatlarini bajarishga qaror qildim.

Oradan bir necha yil o‘tdi va men butunlay boshqa odamga aylanib qoldim. Ortiqcha tana og‘irligim qolmadi, o‘zimni sog‘lom, tetik va yoshlardek his qila boshladim. Yozda borish-kelishi bir necha 10 kilometr uzoqlikdagi o‘rmonga qo‘ziqorin terishga borib kelganimda charchoq sezmadim.

Kechqurun soat 23.00 da uxlashga yotsam, ertalabki soat 07.00da turaman va 15-20 daqiqa jismoniy badan-tarbiya mashqlarini bajaraman. Har kuni, qanday ob-havo bo‘lishidan qat’iy nazar, kamida 2 soat sayr qilib, 6-7 kilometr piyoda yuraman. Sabzavotli, krupa va sutli ovqatlar, baliq va yog‘siz go‘sht tanavvul qilaman.

Demak, jismoniy badan-tarbiya, piyoda yurish, sayr qilish va to‘g‘ri ovqatlanish – erta qarib qolishdan saqlovchi vositalar ekan.

 

”Zdorove” jurnali, 1962, № 5, I.Ya.Sirovskiy maqolasidan foydalanildi.