Kiyim tanadan yaxshi issiqlikni o'tkazadigan bo'lishi haqida maqola
img description
Yozgi Kiyimlar: Issiqlikni Tanadan Yaxshi Tashqariga Chiqarish Usullari va Materiallari

Yozning issiq kunlarida qanday kiyinish kerak? Darhaqiqat, kiyim-kechak inson hayotida turi-tuman vazifalarni bajarishi bilan ahamiyatlidir. U bizning tanamizni o‘rab turgan holda, mexanik va kimyoviy jarohatlanishlardan, quyoshdan kuyish va ifloslanishlardan saqlaydi, odamga ko‘rk bag‘ishlaydi. Ammo masalani eng asosiy va muhimi - organizmda issiqlikni muvofiqlashtirib turishda ishtirok etadi. Kiyim yordamida tana atrofida sun'iy, o‘ziga xos shaxsiy mikroiqlim yaratadi. Uning xarakterli jihati – kam o‘zgaruvchan haroratdir.

Bizning tanamizni issiqlik balansi manfiydir, ya'ni tanadan tashqariga chiqariladigan issiqlik miqdori, tashqaridan olinadigan issiqlikdan har doim yuqori bo‘ladi. Zero, organizmda issiqlik muntazam hosil bo‘lib turadi. Hatto, organizmni tinch holatida ham soatiga 70-80 kaloriyadan ortiq ishlab chiqarilsa, jismoniy mehnat natijasida bu ko‘rsatkich 200 kaloriyagacha va undan ortiq issiqlik hosil bo‘ladi. Ammo, organizmda ishlab chiqariladigan issiqlik oxirgi bir kaloriyagacha tashqariga chiqarilishi kerak, aks holda tanadagi issiqlik muvozanati buziladi. Natijada odam o‘zini yomon his qiladi, kuchli terlash sodir bo‘ladi.

Ana shu qonuniyatdan kelib chiqqan holda, issiq yoz kunlari kiyim yengil, yupqa va issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan bo‘lishini aytish mumkin. Lekin nima uchun O‘rta Osiyo respublikalaridagi mahalliy aholi yozda ham paxtali chopon va teridan bosh kiyimi kiyadi? O‘rta Osiyodagi iqlim quruq va kontinental hisoblanib, paxtali qalin kiyim tashqaridagi issiqlikni tanaga bo‘lgan ta'sirini kamaytiradi. Havoni quruqligi terlashni ko‘paytiradi va natijada issiqlikni tanadan ko‘plab tashqariga intilishiga olib keladi.

Shuningdek, ushbu respublikalardagi harorat o‘zgaruvchan bo‘lib, kunduzi issiq, kechasi esa salqin bo‘ladi.

Kiyim odamni quyoshning ul'trafiolet nuridan yaxshi saqlaydi. Qanday kiyim ma'qul: bir qavatlimi yoki ko‘p qavatlisi? Bir qavatli kiyim tanadagi issiqlikni tashqariga chiqishiga yordam bersa, ichki kiyim tanadan ajralgan kirlarni tutib qoladi va tashqi kiyimni undan saqlaydi.

Aksariyat erkaklar ichki kiyim o‘rniga to‘rlisini ma'qul ko‘radilar, lekin uning qalinligi 2-3 millimetrni tashkil etib, issiqlik uzatilishini qiyinlashtiradi. Tashqi kiyim va tana o‘rtasida o‘ziga xos havo bo‘shlig‘i paydo bo‘lib, issiqlik o‘tkazilishini kamaytiradi. Shuning uchun to‘rli ko‘ylakni salqin kunlarda kiygan ma'qul.

Terlash – tanani sovutish uchun yaxshi manba' hisoblanadi: har bir gramm bug‘langan suv issiqlikning katta bir kaloriyasining yarmini olib tashlaydi.

Jazirama issiqda imkon qadar terni bug‘lanishini kamaytiruvchi kiyimni kiyish lozim. Ko‘ylakni yoqasi, bel siqib turuvchi kamar, shimni yuqoriga tortib turuvchi tasmalar tana harakati va havo almashinuviga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Ko‘krak va bluzkani ustidan kamar taqmagan ma'qul.

Albatta, nafaqat yozgi, balki har qanday ko‘ylak shunday tikilishi kerakki, bunda tanadagi qon aylanishi va nafas olish jarayoniga halaqit bermasligi, kiyish va yechinish oson bo‘lmog‘i lozim. Kiyim yaxshi ventilyasiyani ta'minlashi bilan birga, terni ham o‘ziga shimdirib olishi ahamiyatlidir va bunday xususiyat paxta, zig‘ir, sun'iy ipakdan tayyorlangan gazlamalarga xosdir. Shuning uchun namlikni yanada yaxshiroq shimib olishga tabiiy ipak, sherst' ham juda gigroskopik ekanligini aytish mumkin. Ammo ipak va sherst' sekin quriydigan xususiyatga ega.

Sintetik tolalardan to‘qilgan materiallar (kapron, neylon, xlorina) umuman namlikni o‘ziga shimmaydi. Shu sababli sun'iy tolalardan to‘qilgan ko‘ylaklar tanaga tegmagani yaxshi.

Gazlamalar tomonidan quyosh nurlarini qaytarish xususiyati, ularning rangi va yuzasini tekisligiga bog‘liq bo‘ladi. Oq rang quyosh nurini eng kuchli qaytarish qobiliyatiga ega. Shu bilan birga atlas va satin o‘zining ajoyib silliqligi tufayli nurni yaxshi qaytarishi ma'lum. G‘adir-budur, jilosiz gazlamalar, aksincha imkon qadar quyosh nurlari energiyasini o‘ziga yutadi.

Og‘ir va qo‘pol gazlamalar, organizmdagi ko‘plab energiya sarflanishini oshiradi, issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiradi va kayfiyatga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Bir necha og‘iz so‘z bosh kiyimlar to‘g‘risida. Ular bosh va yuzni quyosh nurini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishini oldini olishi va issiqlikni imkoni boricha kam halaqit berishi lozim. Ushbu talablarga qamishdan tayyorlangan, teshikli shlyapalar to‘liq javob beradi.

Yozgi oyoq kiyimlari (“bosonojka”, “sandalet”) gigiena talablariga mos keladigan bo‘lishi, tufli va botinkalarning ustki yuzasi gazlamadan bo‘lgani yaxshi. Oyoq kiyimlarining tag charmi yengil, g‘ovakli rezinadan bo‘lgani juda qulay hisoblanadi va mustahkam, yengil, notekis yerda yaxshi egiluvchanligi bilan ahamiyatlidir.


                                                                                                                                                     /”Здоровье” jurnali, 1962, № 7, prof. P.E.Kalmikov maqolasidan foydalanildi/