MASHINA HAYDASHDA
img description
yangi haydovchilar uchun mashina gazidan zaharlanishni oldini olish uchun zaruriy qoidalar

Mashina xarid qilib, uni boshqarishga o‘tirgan yangi haydovchi yo‘l qoidalaridan tashqari yana nimalarni bilishi kerak? Masalan, u yo‘lda ketayotib birdan o‘zini yomon his qila boshladi – boshi aylanib, ko‘ngli ayniydi va holsizlanadi. Bu holat, mashina dvigatelida ishlangandan keyin hosil bo‘lgan gazlardan zaharlanishga xarakterli belgilardir.

Bunday zaharlanish sabablari turlicha:

  • Haydovchi tunni mashinada o‘tkazish niyatida mashina dvigatelini o‘chirmasdan isinishni hohlagan bo‘lishi, dvigatel esa nosoz bo‘lsa, gaz mashina ichiga kirib, undagi odamlarni zaharlashi mumkin.
  • Eshiklari berk garajda haydovchi mashina dvigatelini yurgizib qo‘ygan holda, uni tartibga keltirish bilan ovora bo‘lgan bir necha daqiqa ichida gazdan zaharlanishni dastlabki belgilari seziladi.

Mashina gazidan zaharlanish qanday sodir bo‘ladi?

Ishlatilgan gaz tarkibida uglevodorod, metan, aldegidlar va boshqa gazlar bo‘ladi. Odam uchun uglerod oksidi xavfli bo‘lib, ishlatilgan gazda ko‘p miqdorda (5-6 foiz va undan ko‘proq) uchraydi va mashina to‘xtab turgan paytida dvigatelni ishlashi hamda sovuq dvigatelni ishga tushirish natijasida hosil bo‘ladi.

Uglerod oksidi nafas yo‘li orqali qonga o‘tib, undagi kislorodni gemoglobin bilan birikmasidan siqib chiqaradi va organizmni normal oksidlanish funksiyasini ta’minlay olmaydigan karboksigemoglobinni yuzaga keltiradi. Natijada organizm to‘qimalarida kislorod tanqisligi kelib chiqadi va oz miqdordagi uglerod oksidi ta’sirida uzoq muddat davomida bo‘lish oqibatida surunkali zaharlanish ro‘y beradi. Eng avvalo, zaharlanishda, qondagi kislorod tanqisligiga sezgirligi yuqori bo‘lgan markaziy nerv tizimlarida o‘zgarishlar (bosh og‘rig‘i, oyoqlardagi quvvatsizlik, ko‘ngil aynib qusish, hushni tiniq bo‘lmasligi) namoyon bo‘ladi. Haydovchi svetofor ranglarini farqlashdagi harakatlarini muvofiqlashtirishi va diqqatini to‘plashi qiyinlashadi.

Zaharlanishni yengil hollarida jabrlanuvchini darhol ochiq havoga olib chiqishni o‘zi yetarli bo‘ladi: bunda qondagi karboksigemoglabin parchalanib, uning o‘rnini organizm uchun kerakli bo‘lgan oksigemoglobin egallaydi. Og‘ir zaharlanishda esa shifokorning yordami kerak bo‘ladi: sun’iy nafas oldirish, kislorod yoki karbogen (kislorod bilan 5-10 foizli karbonat kislota) hidlatiladi.

Avtomashinadan chiqqan gazdan zaharlanishni oldini olish uchun:

  • Avtomobil dvigatelini to‘g‘ri, toza ishlashi, jumladan karbyurator va porshenli halqalar kompressiyasini tekshirish.
  • Yonilg‘i va moylovchi yog‘larni tozaligini tekshirish.
  • Ishlangan gazni tashqariga chiqarish tizimining germetikligini tekshirish.
  • Dvigatelni qizib ketmasligi uchun to‘liq yoqilmagan, ko‘plab qoldiq moddalardan hosil bo‘luvchi, yoqilg‘i aralashmalariga to‘yingan dvigatel ishini minimum darajaga yetkazish.
  • Vaqti-vaqti bilan dvigatelda ishlangan gazni tashqariga chiqarish trubasini qurumlardan tozalash.
  • Avtomobil, ventilyatsiyasi bo‘lmagan yopiq garaj yoki ustaxonada turgan holatida ishlab turmasligi.
  • Tarkibida tetraetilqo‘rg‘oshin bo‘lgan etillangan benzindan yoqilg‘i sifatida foydalanmaslik kerak. Garchi mashinadan chiqadigan ishlangan gaz tarkibida qo‘rg‘oshin miqdori kam bo‘lsada, uzoq vaqt organizmga ta’sir qilishi natijasida qo‘rg‘oshindan surunkali zaharlanish sodir bo‘lishi mumkin. Bunday zaharlanishni ilk bosqichida ba’zi belgilar – milklarda qo‘rg‘oshin hoshiyasini (“kayma”) paydo bo‘lishi, yuzni kulrang tusga kirishi kabi hamda qon va peshob tahlilida o‘ziga xos o‘zgarishlar aniqlanadi. Qo‘rg‘oshindan zaharlanishni oldini olish uchun etillangan benzin bilan ishlashda belgilangan qoidalarga qattiq rioya qilish kerak.

Avtomobil haydovchilari shuni yodda tutishlari kerakki, mashinadan foydalanish rejimini buzish bilan nafaqat o‘zlari, balki atrofdagilarga ham zarar yetkazadilar.

("Здоровье" jurnali, 1960, № 10, prof. Z.G. Volfson maqolasi asosida tayyorlandi)