Og‘izdan yoqimsiz hid kelishi og‘iz bo‘shlig‘i, burun, halqum, o‘pka va oshqozon kasalliklarida uchraydi. Haqiqiy kasallik sababini shifokor tomonidan bemorni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazgandan keyin aniqlanadi. Ba’zi odamlarda og‘izdan hid kelishi ertalab uyqudan turganidan keyin, kechasi yotishdan avval tishlarini yuvmagan yoki og‘zini chayqamaganligi tufayli ovqat qoldiqlarini parchalanishi yoxud shilliq va so‘lakdan bo‘ladi.
Tishlarni tozalash va og‘izni chayqash hammaga ham yordam bermaydi. Ma’lum bo‘lishicha, bodomsimon bezning ishqorli chuqur joylarida yiring va ovqat qoldiqlar saqlab qolingan bo‘ladi. Bunday paytda odam nordon ta’m, burun-halqumda yiringga o‘xshash hidni his qiladi va og‘izni muntazam ravishda chayqash, halqumni tozalash, ba’zan jarrohlik yo‘li bilan bodomsimon bezni olib tashlashga to‘g‘ri keladi.
Og‘izdan hid kelishi nosog‘lom va kariyesdan davolanmagan, milklarni surunkali shamollashi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu holatda stomatolog shifokorni yordami kerak bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini yomon parvarish qilish, ovqat tarkibida vitaminlar, ayniqsa Vit.S ni yetishmasligi, modda almashinuvi kasalliklari (podagra, diabet) ham alveolar pioreyani (tish alveolalarida yiring bo‘lishi) kelib chiqishiga sharoit yaratib beradi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini toza bo‘lmasligi, tishlarda to‘planib qolgan toshlar, kamdan-kam hollarda tish protezlarini yuvib turishlik, plombalanmagan tishlarning ochiq kavaklari milklarni shamollashiga olib keladi.
Davolashni samarali bo‘lishi, shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilinishi bilan aniqlanadi. Shifokor, har kuni tishlar va tish protezlarini tozalash, yil mobaynida kamida 2 marotaba tishlardagi toshlarni olib tashlash, tish kavaklarini plombalash, milklarni qonashdan saqlash kabi tavsiyalarni qayta eslatadi.
Og‘izdan keladigan xarakterli hid nafaqat milklarni shamollashi, balki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini boshqa yerlarida ham, ayniqsa yiringli jarohatlarga tegishli bo‘lishi mumkin. Bu holatda infeksiyalarga qarshi kurashish, organizmda vitaminlar tanqisligini bartaraf etish, sifatli va unumli ovqatlanish lozim bo‘ladi.
Boshqa holatlarda, nafas chiqarishda og‘izdan hid kelishi va uni yo‘tal, balg‘am tashlashda kuchayishi, bronxlar va o‘pka kasalliklari (abssess, yiringli bronxit, bronxlar kengayishi natijasida kelib chiqadigan bronxoektaz kasalligi) bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, hid oshqozondagi yiringli jarayonni kuchayishida, ba’zan esa oshqozon sokidagi xlorid kislota miqdorini keskin kamayib ketishi sababli sodir bo‘ladi.
Ushbu dardni kelib chiqish sabablari ichida o‘pka va oshqozon kasalliklari nisbatan ko‘p o‘rin egallamaydi. Eng ko‘p tarqalgan sabablari – tish, og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kasalliklaridir. Mana shuning uchun ham, og‘izdan yoqimsiz hid kelish hollarida darhol stomatolog, otolaringolog shifokorlariga murojaat etish va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga doir chora-tadbirlarga qattiq rioya qilish kerak.
“Здоровье” jurnali, 1960, №11, prof. Ya.Ye.Shapiro maqolasidan foydalanildi.