Olimlar hujayralarning qarishini qaytarishga qodir oqsilni aniqlashdi
img description
Osaka universiteti (Yaponiya) tadqiqotchilari hujayralarning qarish va yoshartish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan muhim oqsilni aniqladilar.

Osaka universiteti (Yaponiya) tadqiqotchilari hujayralarning qarish va yoshartish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan muhim oqsilni aniqladilar. Ularning tadqiqot natijalari nufuzli Cellular Signaling (CellSign) ilmiy jurnalida chop etildi.

Yosh o‘tishi bilan organizmda qarishga uchragan hujayralar to‘planadi, ular kattalashib, o‘z faolligini yo‘qotadi. Bunday hujayralarning stress tolalari qalinlashgan bo‘lib, bu ularning harakatchanligi va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siriga ta’sir ko‘rsatadi. Olimlar uzoq vaqt davomida ushbu hujayralarning o‘lchamini nima belgilashini aniqlashga harakat qilishdi.

Tadqiqotlar natijasida ular AP2A1 oqsili ushbu jarayonlarda asosiy rol o‘ynashini aniqlashdi. U stress tolalarining shakllanishida ishtirok etadi. O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, AP2A1 faoliyatining pasayishi qarigan hujayralarning yosharlishiga yordam beradi, aksincha, uning faollashuvi yosh hujayralarning tezroq qarishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, olimlar AP2A1 ning integrin β1 bilan o‘zaro ta’sirini aniqlashdi. Ushbu oqsil hujayralarning kollagen matritsasiga yopishishini ta’minlaydi. Mazkur ikki komponent stress tolalari bo‘ylab harakatlanib, hujayralarning bir-biriga bog‘lanishini kuchaytiradi, bu esa ularning kattalashish sababini tushuntirishi mumkin.

Shunday qilib, AP2A1 nafaqat hujayralarning qarish jarayonini aniqlovchi marker bo‘lib xizmat qiladi, balki u yoshga bog‘liq kasalliklarni davolashga yo‘naltirilgan yangi usullarni ishlab chiqishda istiqbolli nishon bo‘lishi mumkin.