O‘PKA NEGA SHAMOLLAYDI?
img description
O‘pka shamollashining sabablari va oldini olish choralari

Ko‘pincha, “falonchi o‘pkasini shamollatib qo‘yibdi” desalar, “shifo bersin” deb xotirjam javob qilamiz. Aslida-chi?

O‘pka shamollashi, pnevmokokk bakteriyasi ta'sirida yuzaga keluvchi yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, qattiq sovqotish, angina, faringit, laringit, bronxit, bolalardagi qizamiq, skarlatina, jarohatlar, og‘ir jarrohlik operatsiyalaridan keyin yuz beradi. Odatda, masalan, qizamiq va skarlatinadan keyin organizmda ushbu kasallikka qarshi doimiy immunitet paydo bo‘lib, kasallik qaytalanmaydi, ammo pnevmoniyada bunday emas.

Kasallik asosan bolalar va keksalarda og‘ir kechishi mumkin. Organizmi yaxshi chiniqmagan, tez-tez shamollaydigan, tumov bo‘ladigan, ob-havoni keskin almashinuvi, salqin kunlarga moslashishi qiyin bo‘lgan odamlarda pnevmoniya uzoq muddat davolanishni talab etadigan va qaytalanishga moyil bo‘ladi. Shuning uchun pnevmoniya kasalligida davolanishni oxirigacha to‘liq olish, shifokor tavsiyalariga og‘ishmay amal qilish kerak.

Kasallik yuqori tana harorati, ko‘p terlash, yo‘tal, hansirash, nafas olishni qiyinlashuvi bilan boshlanadi va bir necha kundan keyin tegishli dori-darmonlar ta'sirida tana harorati tushadi, ammo bu bemorni tuzalganidan darak bermaydi. Pnevmokok bakteryalari bemorning burun-halqumida uzoq vaqt saqlanib, qulay sharoit tug‘ilganda yana kasallik qaytalanadi.

Pnevmoniya kasalligini qaytalanmasligi uchun nima qilish kerak?

Avvalo:

  • o‘tkir pnevmoniyadan to‘liq davolanish va shifokor tavsiyalariga qattiq rioya qilish;
  • issiq xonadan sovuq havoli tashqariga chiqishda tegishlicha issiq kiyim-bosh, oyoq kiyimini kiyish;
  • zah, yelvizak, sovuq, salqin xonada uzluksiz ishlashdan tiyilish;
  • uyquga yotishdan oldin salqin suvda oyoqlarni yuvmaslik, shamollagan odamlardan chetlanish, qish va bahor oylarida odamlar ko‘p to‘planadigan madaniyat maskanlariga (kino, teatr, sirk, turli davra yig‘inlari va h.) borishni kamaytirish yoki to‘xtatish;
  • spirtli ichimlik ichish va tamaki chekishni tashlash;
  • kundalik jismoniy badan-tarbiya mashqlarini kanda qilmaslik, sport bilan shug‘ullanish, sanatoriy-kurort sharoitlarida davolanish, ochiq havoda piyoda sayr qilish;
  • oddiy shamollash belgilari paydo bo‘lishi bilan tezda shifokorga murojaat qilish;
  • engil, tezda hazm bo‘ladigan ovqatlarni (bul'on, sut, kefir, prostokvasha, kisel') tanovvul qilish, qabziyatdan saqlanish;
  • havosi dim bo‘lgan xonada uxlamaslik, mavsumga qarab xona darchasini ochgan holda uyquga yotish;
  • yoz oylarida boshdan suv quyish va artinish kerak.

 

Здоровье” jurnali”, 1962, № 2, prof. B.B.Kogan maqolasidan foydalanildi.