OYOQDAGI VARIKOZ KЕNGAYISHINI OLDINI OLISH MUMKINMI ?
img description
Bir yoki ikkala oyoq boldiri teri ostidagi ko‘kimtir vena qon tomirlarini kengayishi ko‘pchilikka tanish.

OYOQDAGI VARIKOZ KЕNGAYISHINI OLDINI OLISH MUMKINMI ?

Bir yoki ikkala oyoq boldiri teri ostidagi ko‘kimtir vena qon tomirlarini kengayishi ko‘pchilikka tanish.

Normada vena qon tomirlari to‘g‘ri naycha shaklida bo‘lib, uning ko‘ndalang kesimdagi diametri arteriya qon tomiriga nisbatan 10-12 marotaba,sig‘imi 10 barbar katta va odamdagi qonning 75 foizi unda to‘planadi. Sog‘lom vena qon tomir devori elastik bo‘lib undan o‘tadigan qon oqimining bosimi ostida kengayib, so‘ngra torayishga ulguradi. Ayniqsa, teri ostidagi vena tomir devorlarida bir-biriga qaragan juda ko‘plab klapanlar joylashgan bo‘lib, oqib o‘tayotgan qonni yurak tomonga haydab turadi. Agarda vena qon tomir devorlari va undagi klapanlar tug‘ma yoki boshqa sabablarga (bu haqda quyida so‘z ketadi) ko‘ra nosog‘lom bo‘lsa, klapanlar qonni yuqoriga to‘liq ko‘tarib berolmaydi. Natijada yuqoriga ko‘tarila olmagan qon orqaga qaytishga majbur bo‘lib, vena devoriga bosimni oshirib uni kengayishiyga, klapanlarni esa to‘liq yoki qisman yopilishiga sababchi bo‘ladi. Bunda vena qon tomiri bo‘ylab haltum-haltum kengayishlar yuzaga keladi, son yoki boldir terisida tuguncha shaklidagi ko‘kimtir tomirlar kengayishini ko‘rish mumkin. Keyinchalik, agarda o‘z vaqtida kasallikni rivojlanishini oldi olinmasa, boldirni pastki 1/3 qismida shish, qichishish paydo bo‘ladi, teri rangi qo‘ng‘ir rangga kiradi, dag‘allashadi va tuzalishi qiyin bo‘lgan yaralar hosil bo‘ladi.

Oyoqlarni ichidagi vena qon tomirlarida klapanlar kamligi va ayniqsa, vena tomiri atrofidagi mushaklar yordamida siqilishi sababli, undagi qon osonlik bilan yuqoriga haydalib turadi. Kasallikni og‘ir kechishida boldir ichki vena qon tomir devorlarida ham varikoz kengayishlar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, ozgina tashqi ta’sir natijasida teri osti vena qon tomiri yorilib, qon oqadi, lekin uni tezda to‘xtatish mumkin. Agarda bemor tik oyoqda to‘rishda davom etsa yoki egilib tursa, qon oqishi kuchayib xavfli tus oladi.

Dastlabki paytda, boldirdagi teri osti varikoz kengayishlari ko‘pchilik odamlarni bezovta qilmaydi va buni kasallik deb ham atamaydilar, ammo kasallik kuchayishda davom etishi bilan bemorni yurishida tezda charchashlik, og‘riq payda bo‘lishi va go‘yoki “oyoqlarga tosh osib qo‘yilgandek” hislar tug‘iladi. Ba’zan kechalari boldir mushaklarida tirishish alomatlari kuzatiladi. Eng xarakterlisi, bemorni yurib kelib yoki uzoq muddat bir joyda tik turib qolganida paydo bo‘lgan oyoqdagi og‘riq o‘tirsa, ayniqsa oyoqlarini baland ko‘tarib yotsa, og‘riq tezda pasayib, so‘ngra yo‘qoladi.

Oyoq vena qon tomirlaridagi klapanlar odamni yoshi ulg‘aygan sari kamayib boradi (25 yoshga yetganda 17 foizga, 40 yoshga kelib 29 foizga, 54 yoshga yaqinlashganda 40 foizga qisqaradi). Qo‘shimcha qilib aytganda, yoshlarda vena qon tomirlari yangilari bilan ko‘payishi ham kuzatiladi, ammo bu jarayon yosh o‘tgan sari kamayib boradi. Shu sababli, oyoqlardagi varikoz kengayishlari 35-50 yoshdagilarda ko‘p uchratiladi.
Yuqorida keltirilgan sabablardan tashqari, garchi asosiy rolni o‘ynamasada oyoqdagi vena qon tomirlari varikoz kengayishini uzoq muddat oyoqda tik turib ishlash ham keltirib chiqarishi mumkin. Tajribadan ma’lumki, o‘zining kasb turiga qarab, tik oyoqda ishlaydigan odamlarning (oshpaz, sartarosh, sotuvchi, konduktor va b.) hammasida ham varikoz kengayish kuzatilmaydi yoki boshqa kasbdagilarga nisbatan ularning ulushi kam bo‘lishi mumkin.

Yana bir ma’lumot – xomilador ayollarning oyoqlarida vena qon tomirlarini varikoz kengayishi uchratiladi, lekin bola tug‘ilishidan keyin varikoz holati yo‘qolib ketadi. Ba’zan xomiladorlik o‘tgandan keyin oyoqdagi varikoz kengayish saqlanib qoladi yoki kuchayishi ham mumkin.
Demak, oyoqdagi vena qon tomirlarining varikoz kengayishini asosiy sababi - tug‘ma va orttirilgan vena klapanlaridagi yetishmovchilik hamda vena tomir devorlaridagi nosog‘lomlikni noqulay sharoitlarda namoyon bo‘lishi ekan.

Oyoq vena qon tomirlari varikoz kengayishini oldini olishda eng samarali usul nimadan iborat? Avvalo – har 2,5-3 soatdan keyin jismoniy badan-tarbiya mashqlarini qayta bajarish kerak. Masalan, quyidagi mashqlarni bajarish foydalidir:

1) turgan joyda qo‘llarni old-orqaga harakatlantirib, oyoqlarni imkon qadar tizzalarda bukkancha ko‘tarib turish (askarchasiga “marsh” yurish) – 8-10 marta bajariladi;
2) tik turgan holda qo‘llarni belga qo‘yiladi, tirsaklar orqaga yo‘naltirilgan bo‘lib, bitta oyoqni imkoni boricha gorizontal ko‘rinishda oldinga ko‘tarib, nafas olinadi va shu onda oyoq tushiriladi. Keyinchalik nafas chiqarishda ikkinchi oyoq ko‘tariladi – 4-5 marta bajariladi;
Bunday mashqlar oyoqlardagi qon aylanishini judayam yaxshilaydi, vena qon tomirlari tizimiga yengillik yaratadi. Oyoqlardagi vena qon tomirlarini varikoz kengayishiga moyil bo‘lgan odamlar ish paytida har 40-45 daqiqadan keyin yengil mashqlarni bajarishlari lozim.
3) ushbu toifadagi odamlar har 2-2,5 soatdan keyin 3-5 daqiqa divan yoki gilamchada yotishlari foydalidir. Yotgan holatda oyoqlar imkon qadar yuqoriga ko‘tarilib, 8-10 marotaba tizzada bukiladi.
Shuningdek, uzun paypoqlarni yuqoriga tarang tortib siqib turuvchi , aylanma shakldagi bog‘ichlardan foydalanmaslik kerak. Aksincha, oyoq terisini siqmaydigan, ammo uni o‘rab turuvchi, tizzagacha bo‘lgan chulki kiyish lozim. Bunday chulkini ertalab o‘rindan turmasdan, oyoqlarni tepaga ko‘tarib, 2-3 daqiqa tik ko‘tarib turgandan keyin kiyish kerak.
Turli xil bintlar bilan varikoz kengayish bo‘lgan oyoqni bintlab o‘rash tavsiya etilmaydi, chunki ularni bir tekisda teriga bosim o‘tkazadigan qilib o‘rashni imkoni yo‘q va natijada oyoqlarda qon bir joyda yig‘ilib qoladi.
Shu bilan birga, oyoqlarni doimo tozalikda saqlash, har kuni sovunli iliq suvda yuvish kerak.

Kasallikni og‘ir holatlarida, ya’ni oyoqda yaralar paydo bo‘lib, avj olishi kuzatilganda, ushbu zararlangan vena qon tomiri jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi.
Eng afzali, oyoqlardagi vena tomirlarida varikoz kengayishi belgilari paydo bo‘lishi bilanoq profilaktika chora-tadbirlarini, asosiysi – badan-tarbiya mashqlarini bajarishga kirishish kerak. Ana shunda kasallikning yomon asoratlarini olgan bo‘lasiz.


(“Здоровье” jurnali, 1960, № 8, prof. A.T.Lidskiy maqolasi asosida tayyorlandi)