Peshona suyagi bo‘shlig‘ini shamollashi (frontit), unga yiringli mikroblarni kirishi natijasida kelib chiqadi. Peshonadagi og‘riq kuchli, ammo doimiy bo‘lmaydi. Uning xarakteri turlicha: gohida o‘tmas holda, ba'zan esa – ziriratuvchi, o‘ymalovchi va lo‘qillovchan bo‘ladi. Har qanday jismoniy va aqliy mehnat, to‘satdan tushgan yorug‘lik yoki yuzni sovqotishi og‘riqni kuchaytiradi. Odatda ertalablari og‘riq qolgandek tuyuladi, lekin peshin va kechga borib kuchayadi. Bu narsa peshona bo‘shlig‘ida to‘plangan suyuqlik miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘pincha, bemorlarning o‘zlari qoshlarni tepa qismida, ko‘z olmasini ichki tomonida shish paydo bo‘lganini, barmoq tekkizilsa og‘rishini payqaydilar. Aksariyat hollarda frontit bir tomonlama bo‘ladi, shuning uchun shilliq burunni bir tomonidan oqadi. Doimiy ravishda burun bo‘shlig‘idagi shilliq qavatni ta'sirlanishi tufayli, bir tomonlama burun katagi shishadi va nafas olish qiyinlashadi.
Har qanday davolashga qaramasdan o‘zgarishsiz kechuvchi surunkali frontit jarrohlik muolajasini talab qiladi, lekin kasallikni oldini olish yengil hisoblanadi. Bu narsa oddiy shamollash bilan bog‘liq bo‘lgani uchun organizmning umumiy qarshilik ko‘rsatish quvvatini oshirish yo‘li bilan immunitetni mustahkamlash muhimdir. Bunda asosiy vosita sifatida jismoniy badan-tarbiya va chiniqish katta ahamiyatga egadir.
Frontit kasallanishini oldini olish uchun o‘tkir va surunkali kechuvchan tumov holatlarini o‘z vaqtida davolash kerak. Zero, burun bo‘shlig‘idagi shamollash osonlik bilan peshona bo‘shlig‘ini shilliq qavatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Shuningdek, burun bo‘lig‘idagi har qanday anatomik to‘siqlarni bartaraf etish ham frontitni oldini olishda ahamiyatlidir, chunki burundan nafas olishni ta'minlash zarur bo‘ladi.
Frontit kasalligiga chalingan bemor har qanday sovqotishdan, ayniqsa issiq muolajalardan keyin ehtiyot bo‘lishi lozim. Sovuq va shamol kuchaygan kezlarda bosh kiyimi bilan peshonasini berkitish; oyoqlarni esa issiq tutish va nam bo‘lmasligi choralarini ko‘rish kerak. Qo‘llarni sovuq qotirmaslik, sovuq suvda yuvmaslik zarur. Iste'mol qilinadigan ovqat sifatli, yengil hazm bo‘ladigan bo‘lishi, yaxshisi, sutli-o‘simliklardan iborat bo‘lishi ma'qul.
Agarda shifokor bemorga issiqlik muolajalarini tayinlagan taqdirda, dastlabki 3-5 ta muolaja davrida og‘riq kuchayishi mumkin, ammo davolash muolajalaridan keyin og‘riqlar yo‘qolib, sog‘ayish ro‘y beradi. Shifokor tomonidan qon tomirlarni kengaytiruvchi dorilar – efedrin, sinorin, adrenalinni burun bo‘shlig‘iga tomizishdan ko‘ra, paxtadan pilik yasash va uni dori bilan namlab, burun katagiga qo‘yish ma'qul hisoblanadi.
Quritilgan malina, choy qaynatmalarini kechki payt yotishdan oldin ichish, so‘ngra issiq holda o‘ranib uxlash tavsiya etiladi.
"Здоровье" jurnali, 1962, № 9, prof. V.A.Chudnosovetov maqolasidan foydalanildi.