Qichima nima ekanligini barcha biladi. Bu o‘ziga xos sezgi bo‘lib, qichish ehtiyojini keltirib chiqaradi va himoya sifatida bizni xavfdan ogoh qiladi. Qichima fiziologik va patologik bo‘ladi. Fiziologik qichima –yengil, qisqa muddatli, o‘tkinchi sezgi. Patologik qichima – uzoq davom etuvchi, kuchli, og‘ir: ko‘pincha teri kasalliklarida uchraydi.
Ba’zan bu ikki xil qichima biridan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Aniqroq aytsak, fiziologik qichima – bu “sezish-qichishish”, patologik – “kasallik-qichishish”dir.
Terining qichishi – ko‘plab kasalliklarni oldi va yo‘ldoshchisi hisoblanadi. Uni asab tizimi, ichki a’zolar, qon kasalliklari, modda almashinuvi va ichki sekretsiya bezlari
funksiyalarini buzilishi, xomiladorlik hamda ba’zi bir dori preparatlari va oziqa mahsulotlarini qabul qilgandan keyin kuzatiladi.
Qadimda qichima holatini olimlar bemorning qonida o‘t, mochevina va boshqa moddalarni to‘planishi natijasida kelib chiqadi, deb faraz qilganlar. Aslida, qichishishni sezish, teridagi nerv yo‘llarini retseptorlari orqali nerv tolalari bo‘ylab tarqalgan xabarni (impuls) bosh miya po‘stlog‘iga yetkazilishi va u yerda qichishish xabarini sezish holatiga o‘tishi bilan tushuntiriladi. Taniqli rus fiziologi I.P.Pavlovning ta’biricha, ushbu uchlik qism (retseptor, nerv tolasi, bosh miya po‘stlog‘i) teri analizatori deb nomlanadi.
Teridagi qichishish umumiy va mahalliy bo‘lishi mumkin. Umumiy qichima, aksariyat asab-ruhiy kechinmalardan keyin ayollardagi klimaks davrida,
keksa yoshdagi odamlarda, shuningdek qand kasalligi, bezgak, buyrak kasalliklarida uchratiladi. Qichimani kelib chiqishida ruhiyat ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, “oilaviy qichima” va “aloqada bo‘lish (kontakt) qichimasi” bunga misoldir. Qichima kasalligiga chalingan odam bilan munosabatda bo‘lish, chaquvchi hasharotlarni ko‘rish yoki hatto u haqda eshitishni o‘ziyoq qichimani qo‘zg‘atishi mumkin. Ayrim odamlarda qichima ma’lum bir vaqt va sharoitda boshlanishi kuzatiladi.
Qichimani profilaktikasi, aslida bu sihat-salomatlik va odamning mehnat qobiliyatini saqlash uchun kurashish demakdir.
Qichimaning sabablari turlicha ekanligidan kelib chiqqan holda, organizmni mustahkamlash (mehnat va dam olishni birgalikda to‘g‘ri tashkil etish) muhimdir. Umumiy sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar, ya’ni jismoniy madaniyat, quyosh, havo va suv asab tizimini chiniqtiradi hamda terining turli ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish quvvatini oshiradi.
Shuningdek, qichimani oldini olishda “uy sharoitidagi allergenlar”ni (gullar, o‘simliklar, dezinfeksiyalovchi moddalar) bartaraf etish ham muhim ahamiyatga ega. Qichimaning ushbu profilaktika tadbirlarini har bir bemor kasallikni qaytalanmasligi va tezroq tuzalib ketishi uchun yaxshi bilishi kerak. Jundan qilingan hamda turli bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan narsalar (masalan, ursalol bilan) teriga ta’sir qilishi mumkin. Bemorlarga kasallik qaytalangan davrda, turli o‘tkir hidli va dudlangan ovqatlarni, shuningdek konservalar, o‘tkir pishloqlar, qaynoq choy, kofe, kakao, shokolad, spirtli ichimliklar shirinliklarni iste’mol qilish man qilinadi.
Ichaklar faoliyatini kuzatish va hech qachon ichni qotishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Albatta, qichimani davolash shifokor mutaxassislarning ishidir. Ularning imkoniyatlarida ko‘plab umumiy va mahalliy ta’sir vositalari: gipnoz va uzoq muddatli uyqu bilan davolash, brom, antigistamin dorilar, kurort sharoitida davolash, fizioterapiya va suv muolajalari, turli malham va aralashmalar mavjud. Ushbu muolaja vositalarini birgalikda qo‘llash, yaxshi natijalarga olib keladi va qichima bizlarni turli xavflardan ogoh etuvchi, organizmni himoya vositasi bo‘lgan sezgilarga aylanadi.
(“Здоровье” jurnali, 1960, № 1, vrach A.S.Dishko maqolasi asosida tayyorlandi)