Qishni oxirlarida dasturxonimizda sabzavot va ho‘l mevalar tobora kamayib, organizm vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojni his qila boshlaydi. Ayniqsa, bolalar organizmi vitaminlar muvozanatini kamayishiga sezgir bo‘ladi. Axir ular doimo vitaminlarga nisbatan yuqori muhtojlikka egalar, qishda bo‘lsa bu narsa yanada ortadi.
Vitaminlar tanqisligi bolaning sog‘lig‘ida ham bilinadi – lanj, bo‘shashib, chez charchaydi, ishtahasi kamayadi, turli infeksiyalarga bo‘lgan chidamligi pasayadi va tez-tez shamollashga moyil bo‘ladi.
Organizmni meva-sabzavotlarga bo‘lgan talabini qondirish uchun nima qilmoq kerak?
Avvalo, uzoq muddat tarkibida vitaminlarni saqlab qoluvchi ho‘l meva va rezavor mevalardan foydalanish lozim. Bunga birinchi bo‘lib, o‘zida S vitamini ko‘p bo‘lgan na'matak misol bo‘ladi. Na'matakning qaynatmasi nafaqat ko‘p miqdorda S vitaminiga boy ekanligi, balki bolalar organizmini yaxshi rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi karotin moddasi borligi uchun ham ahamiyatlidir. Karotin organizmda A vitaminiga aylanadi.
Qaynatilgan na'matakni yangi tayyorlangan holda ichish lozim, chunki ochiq yoki tez-tez usti ochib turiladigan idishdagi na'matak vitaminli xususiyatini yo‘qotadi. Buning uchun osh qoshiqda quruq na'matak olib, uni bir stakan qaynatilgan suvga solinadi va 10 daqiqa emallangan tog‘orachada qaynatib, so‘ngra 2-3 soat tindirib qo‘yiladi. Tindirilgan qaynatma suzgichdan o‘tkaziladi va ta'mli bo‘lishi uchun unga shakar qo‘shiladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida ko‘plab sun'iy vitaminlar ham tayyorlanadi – ulardan foydalanishda dozasini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.
S vitamini (askorbin kislota) tabletka, kukun va draje holida ishlab chiqariladi. U yoqimli ta'mga ega bo‘lgani uchun bolalarga xush yoqadi. Shuningdek, bolalar uchun V guruxidagi vitaminlar juda muhim hisoblanadi. Ularni organizmda yetishmasligi natijasida asab tizimini faoliyati buziladi, ishtaha yomonlashadi, turi quruq bo‘lib, uni himoyaviy xususiyati kamayadi.
Bolani ovqatlarida quruq pivo achitqisini ishlatish bilan organizmni ushbu vitaminlar bilan to‘yintirish mumkin. Nonvoylar ishlatadigan achitqilar sabzavotli pyurelar, sho‘rvalar, kashalarga qo‘shiladi. Katta yoshdagi bolalarni jaydari bug‘doydan tayyorlangan nonlarga o‘rgatish kerak, chunki bunday nonlarda ham V gurux vitaminlari bo‘ladi.
Bolaning suyak tizimini to‘g‘ri rivojlanishi uchun D vitamini katta ahamiyatga ega. Ushbu vitamin organizmda ul'trabinafsha nurlarini ta'sirida hosil bo‘ladi. Qish mavsumida quyoshli kunlar kam bo‘lgani sababli organizmda ushbu vitamin miqdori ham kamayadi. Dorixonalarda D vitaminining moyli va spirtli eritmalari sotiladi, lekin bu vitamin organizmga farqsiz bo‘lmagani uchun faqat shifokorning ko‘rsatmasiga binoan qabul qilish lozim.
Organizmda vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojni ta'minlash uchun tabiiy muhit shart-sharoitlaridan, ya'ni ochiq havoda ko‘proq bo‘lish imkoniyatidan unumli foydalanish kerak. Ayniqsa, qishning oxirlarida quyoshli kunlar ko‘paygani sari, bolalar bilan birga ertlab va kunduzgi soatlarda sayr qilish foydalidir.
Qish va bahor oylarida ona sutida vitaminlar kamaygani sababli, chaqaloqni emizuvchi onalar na'matakning qaynatmasidan ichishlari, ovqatga dorixonada sotiladigan S vitaminidan solishlari kerak (bir kunda 100 milligrammdan).
Xomilador ayollar uchun ham vitaminlarni ahamiyati kam emas. Zero, qishda ularni vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoji ikki barobarga ortadi. Xomiladorlarga dorixona preparatlaridan polivitaminlar, xomilani yaxshi, to‘g‘ri o‘sishiga xizmat qiluvchi A vitaminiga boy bo‘lgan baliq yog‘ini ichish foydalidir.
Ta'kidlash lozimki, vitaminlar o‘z holicha oziqa moddasi hisoblanmaydi: ular bolani rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi uchun ovqat rasioni yetarlicha oqsil, yog‘, uglevod va minerall moddalarga boy bo‘lishi talab etiladi.
/”Здоровье” jurnali”, 1962, № 2, shifokor R.I.Arkad'eva maqolasidan foydalanildi/.