QOTIRILGAN QARSILDOQ NON HAQIDA
img description
Sog'liq va tibbiyot

        Qotirilgan qarsildoq non bo‘lakchalari qora bug‘doy unidan (javdari) maxsus tayyorlov usulida tayyorlanib, non yopishda ishlatiladigan ko‘p miqdordagi xamirturushdan foydalaniladi. Ammo, bunday qarsildoq non g‘ovaksimon bo‘lib, tarkibida tuz juda kam (6-8 foiz) bo‘ladi. Aynan, qarsildoq nonda g‘ovaklar ko‘p bo‘lgani sababli og‘izda so‘lakni tezda shimib oladi va oshqozonga tushgach, undagi oshqozon sokini ham o‘zlashtirib, osonlik bilan hazm bo‘ladi.
        Qarsildoq qotirilgan nonda namlik kam miqdorda bo‘lgani uchun yengil va ixcham, sayohatga chiqilganda juda qulayligi bor hamda buzilmasdan uzoq saqlanish xususiyatiga ega. Eng muhimi, qotirilgan qarsildoq non to‘yimli hisoblanadi. 100 gramm qarsildoq non bo‘lakchasi, o‘zining tarkibida oqsil, yog‘ va uglevodlarni ko‘pligi bilan javdari non, guruch, grechkadan ustunlik qiladi hamda bebaho moddalari bilan boshoqlilar, no‘xot va fasolga yaqin turadi. Ma’lumki, boshoqli oziqalar tarkibida oqsilni ko‘pligi va aksincha, yog‘ni kamligi jihatlari bilan tavsiflanadi.
        Shuningdek, qarsildoq nonda vitaminlar ko‘p hamda javdari bug‘doy po‘sti kaliy, kalsiy, magniy, fosfor va temir elementlariga boy bo‘lib, ichaklarning harakatini kuchaytiradi.
        Qarsildoq nondan ateroskleroz, xafaqonlik, yurak nuqsoni, buyrak, surunkali qabziyat, bavosil, V gurux vitaminlari yetishmasligi kasalliklari hamda semizlikni davolash maqsadida foydalanish mumkin. Semizlik holatida, qarsildoq non yuqori to‘yimli bo‘lgani sababli, uning miqdori shifokor tomonidan tavsiya etilgan non miqdorining 60 foizini tashkil etishi yetarlidir.

(“Здоровье” jurnali, 1959, № 4, prof. V.P.Sokolovskiy maqolasi asosida tayyorlandi)