QULOQNI SHAMOLLASHI XAVFLIMI?
img description
QULOQNI SHAMOLLASHI XAVFLIMI?

Yengil shamollash yoki gripp bo‘lib o‘tdi, ammo bir necha kun o‘tgach, to‘satdan quloqda og‘riq boshlandi va unga eshitishni yomonlashuvi yoki quloq bitib qolgandek his-tuyg‘u paydo bo‘ladi, ba’zan ko‘ngil aynib, tana harorati ko‘tariladi. Nima bo‘ldi?

Infeksiya quloqni ichiga kirib, uni shamollashiga (otit) sababchi bo‘ldi. Shamollash quloqni tashqi qismini yoki undan ichkaridagi o‘rta quloqni va nihoyat yanada ichkariroqda joylashgan ichki quloqqa tarqalishi mumkin. Ko‘pincha o‘rta quloqni shamollashi kuzatiladi. Bu yerda baraban bo‘shlig‘i bo‘lib, unda bir-biri bilan bog‘langan mayda suyakchalar tizimi mavjud bo‘lib, tovushni ichki quloqqa o‘tkazib berish vazifasini bajaradi. Baraban bo‘shlig‘i tashqi havodan baraban pardasi vositasida himoyalangan, ammo ushbu bo‘shliq maxsus yevstaxiyev kanali orqali burun bo‘shlig‘i va halqum bilan bog‘langani uchun havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Baraban bo‘shlig‘ining hajmi juda kichik – 1 santimetr kub kattaligini tashkil etadi.

Yiringli otit kasalligida baraban bo‘shlig‘i suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi va uning bosimi ostida parda teshilib, yiring tashqariga oqib chiqadi.

Ba’zan otit kasalligi quloqni jarohatlanishi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Quloqqa berilgan zarba natijasida tashqi quloq yo‘lida bosim kuchi ortadi va baraban pardasini jarohatlashi va o‘rta quloqdan tashqariga qon oqib chiqishi, so‘ngra otit rivojlanish ehtimoli katta bo‘ladi.

Odatda bemor o‘z vaqtida va mukammal davolansa, o‘tkir otit bir necha kunda va haftada to‘xtaydi. Lekin davolanishga e’tiborsizlik qilinsa, kasallik surunkali otit shaklini oladi va quloqni eshitish qobiliyati pasayadi.

Surunkali otit kasalligini o‘z vaqtida davolashga kirishilmasa yoki davolanish oxirigacha yetkazilmasa, uning jiddiy asoratlari (osteomiyelit, meningit) kelib chiqishi mumkin.

Shuni unutmaslik kerakki, surunkali otit har doim ham o‘tkir otitdan keyin paydo bo‘lmaydi. Aksincha, aksariyat hollarda yuzaga kelgan otit kasalligi surunkali xarakterda kechishi mumkin. Otit kasalligining profilaktikasi quyidagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • Organizmni chiniqtirish;
  • Har qanday tumovga qarshi o‘z vaqtida davo choralarini qo‘llash;
  • Oyoqlarni iliq suvda vanna qilish, salqin suvda hllangan sochiq yordamida belga qadar artinish;
  • Yosh bolalarni bir necha daqiqa yalang‘och holda – qishda uy ichida, yozda hovlida – havo vannasini olishi;
  • Og‘ir kasalliklarni boshdan o‘tkazgan bolalarni shifokor-otolaringolog ko‘rigidan o‘tkazish;
  • Bolalarni yoshligidan burun orqali nafas olishga odatlantirish;
  • Mehnat, dam olish va ovqatlanish, chiniqtirish, tizimli ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish;
  • Surunkali otitga chalingan bemorlar cho‘milish va boshni yuvishda quloqlariga o‘simlik yog‘iga shimdirilgan paxtani tiqib olishlari;
  • Quloqdan yiring oqadigan bo‘lsa, shifokorning tavsiyalariga qat’iy amal qilish;
  • Otit kasalligini qaytalanishida zo‘riqtiruvchi jismoniy ishlarni bajarish, izg‘irinli shamolda ko‘chaga chiqmaslik, yaxshisi ortiqcha gaplashuvlardan qochish, quloqni issiq bog‘lamalar bilan berkitish;
  • Quloqda qattiq og‘riq turganda piramidon va boshqa og‘riqni qoldiruvchi preparatlardan foydalanish kerak.

Bugungi kunda, skarlatina, difteriya, tif kasalliklari deyarli kamayib ketdi. Shuning uchun ularning asorati sifatida yuzaga keluvchi otitlar ham onda-sonda uchraydi.

Здоровье” jurnali, 1962, № 8, prof. V.I.Voyachek maqolasidan foydalanildi.