Tarkibida letsitin va yod moddalari bo‘lgan seld balig‘i (“selyodka”) nima uchun yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan odamlarga mumkin emas? Axir letsitin va yod ateroskleroz kasalligida foydali-ku?
Gap shundaki, biron-bir mahsulotni bir-ikki foydali moddasini emas, balki barcha tarkibiy qismlarini hisobga olgan holda baholaydilar. Seld balig‘ida letsitin va yoddan tashqari ko‘p miqdorda osh tuzi ham bo‘ladi hamda uzoq muddatgacha, hattoki ivitilgan seldda ham saqlanib qoladi.
Osh tuzi qon bosimini idora qilishga zararli ta’sir ko‘rsatadi va organizmdagi shishlarni quvvatlaydi.
Shuning uchun nafas qisishi, shishlar paydo bo‘lishiga moyillik bo‘lgan aterosklerozda hamda xafaqonlik kasalligida va shishlar bilan kechuvchi yurak-qon tomir kasalliklarida seld tavsiya etilmaydi.
Oz miqdorda seld balig‘idan iste’mol qilish mumkin deyilganda, ovqatdan oldin xaftada 1-2 marotaba bir-ikki parrak va qovurilgan 100-150 gramm yangi seld balig‘i nazarda tutiladi.
O‘rta va keksa yoshdagi odamlar, ayniqsa ishtahasi yo‘qligidan shikoyat qiluvchilarga oz miqdorda ivitilgan seldni yeyish mumkin. Shu bilan birga, marinad va o‘simlik yog‘i bilan qaynatma ovqatni, treska va kambalani tavsiya qilish mumkin.
Здоровьеjurnali, 1961, № 2, prof. M.S. Marshak maqolasidan foydalanildi.