SHIFOBAXSH PARHЕZ
img description
Sutli mahsulotlar va oziq-ovqatning ichakdagi roli

Taniqli rus olimi I.I.Mechnikov odamni qarishi, ma’lum bir darajada ichaklar orqali qonga so‘rilib, organizmni zaharlaydigan moddalarga bog‘liq deb hisoblagan. Shuningdek, qabziyatga (ich qotishi) moyil bo‘lgan keksa odamlarga sutli, o‘simliklarga boy ovqatlar turkumini, tarkibida ko‘plab foydali kletchatkalar bo‘lgan non, sabzavot va mevalar hamda sutli oziqa mahsulotlari – kefir, prostokvasha(chuchuk kefir)ni tavsiya etgan.

Ovqat ichaklar uchun tabiiy fiziologik yuklama bo‘lib, uning hamma funksiyalarini oshiradi yoki kamaytiradi. Ichakdagi ovqatlarni hazm bo‘lish jarayoni undagi kimyoviy muhit va tegishli bakteriyalar majmuasi bilan mustahkam bog‘liqdir. Ushbu kimyoviy o‘zgarishlar va bakteriyalar florasi esa ovqatning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Uglevodlar achitish jarayoniga, oqsilli ovqat – chirishga olib keladi. Unisi ham, bunisi ham ichakdagi florani (masalan, ichak tayoqchasi va boshqa foydali bakteriyalar) tarkibii o‘zgartiradi.

Chuchuk sutli mahsulotlar – prostokvasha, ayron, kefir, atsidofilli sut, qatiq – ichakdagi normal foydali bakteriyalarni saqlanishi uchun qulay muhit yaratadi.

Pishirilgan sutdan tayyorlangan qatiq va bir kunlik prostokvasha ovqatni yaxshi hazm bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Kefir, uni qachon tayyorlanganiga bog‘liq holda ichakka turlicha ta’sir etadi. Bir kunlik kefir ichni yumshatadi, ikki kunligi ichak faoliyatini muvofiqlashtiradi, uch kunligi esa mustahkamlaydi.

Tvorog ham muayyan bir davolash xususiyatiga ega. Organizmni holdan toydiruvchi kasalliklarda qayta ishlangan oqsil sifatida tavsiya etiladi.

Sir emaski, ko‘pchilik odamlar noto‘g‘ri ovqatlanadilar: ertalab yengil, peshin va kechqurunda ko‘p ovqat iste’mol qiladilar. Ovqatga liq to‘la oshqozon ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatini zo‘riqtiradi, uyqu bostiradi va tungi uyqu ham buziladi. Ana shunday ovqatlanish rejimida katta hajmda qabul qilingan ovqat to‘liq o‘zlashtirilmaydi va organizmni oziqlanishi izdan chiqadi. U yoki bu oziqa mahsulotlarini ta’siri ostida ichaklardagi foydali bakteriyalar florasini o‘zgartirish imkoniyati mavjudligini inobatga olgan holda, oshqozon va ichaklarning ayrim kasalliklari oqibatida kelib chiquvchi og‘riqli jarayonlarni bartaraf etishimiz yoki kamaytirishimiz mumkin.

(“Здоровье” jurnali, 1960, № 7, dots.P.I.Saxarov maqolasi asosida tayyorlandi)