SHIFOKOR KЕLGUNICHA NIMA QILISH KЕRAK?
Xalq orasida “kasallik so‘rab kelmaydi”, degan gap bor. Hozirgina tuppa-tuzuk o‘tirgan-turgan odam, to‘satdan nafas olishi qiyinlashib, bo‘g‘ila boshladi va holsizlanib yiqilib qoldi. Atrofdagilar shoshilgandan vahima qilib, bemorga yordam berish o‘rniga zarar keltirishlari mumkin. Bunday hollarda nima qilmoq kerak?
- Bemorni o‘tqazish va ko‘proq kislorod bilan ta’minlash uchun eshik-derazalarni ochish, ko‘ylakning yuqori tugmachalarini yechish.
- Zudlik bilan “Tez tibbiy yordam” stansiyasiga telefon orqali xabar berish.
- Bemorga 25 tomchi kordiamin tomchisidan ichirish.
- Uy sharoitida bo‘lsa, bemorning qon bosimini o‘lchash.
- Yengil darajadagi yurak bo‘g‘ilish xurujida bemorning oyoqlarini kuydirmaydigan suvli vannaga 10 daqiqaga solish.
- O‘tkir yurak tanqisligini yengil yetishmaslik xurujida xantal qog‘ozini qo‘yish: ikkala oyoq boldir mushaklariga bittadan, ikkala son mushaklarini old tomoniga yoki kuraklarga ikkitadan.
- Qo‘llarni (yelka suyagini yuqori uchligida) va oyoqlarni (sonni pastki uchdan bir qismida) rezina yoki elastik tasma (jgut) bilan yarim soatga siqib boylash (bunda, arteriya qon tomirlarini siqib qo‘ymaslik, puls saqlanib qolishi shart), so‘ngra asta-sekinlik bilan tasmalarni bo‘shatish.
- Shifokor kelguniga qadar, imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, tez tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini vazminlik va tartibli bajarish talab etiladi.
“Tez tibbiy yordam” xizmati kelgunigacha ko‘rsatiladigan shoshilinch tibbiy yordam, nafas yetishmovchiligi bilan kechadigan yurak faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lib, asosan yurak poroki, xafaqonlik kasalliklari, o‘tkir va surunkali buyraklar shamollashi, ba’zan krupoz zotilzami kasalligi, qattiq jismoniy zo‘riqishlar sababli ro‘y beradi.
”Zdorove” jurnali, 1962, № 5, dots. M.G.Abramov maqolasidan foydalanildi.