Sirka va ayniqsa, sirka essensiyasi kuchli zahardir. Ehtiyotsizlik bilan suyultirilmagan essensiyani ichish o‘ta og‘ir zaharlanishga olib keladi: qizilo‘ngach va oshqozonning shilliq qavati og‘ir darajada kuyadi. Ana shuning uchun ham, ayniqsa, uni bolalar qo‘liga tushib qolishidan asrash lozim.
Sirka essensiyasi organizmga tushgach, og‘iz, qizilo‘ngach va oshqozonda kuchli og‘riqni keltirib chiqaradi. Lablar va til juda qizarib ketadi. Ayrim hollarda kekirdakni kuyishi natijasida nafas olish qiyinlashib, bo‘g‘ilish yuz beradi, shilliq va qon aralash qusish ro‘y beradi.
Agarda shunday baxtsiz hodisa ro‘y bersa, jabrlanuvchiga tezda tibbiy yordam ko‘rsatish zarur va bu bilan bemorning hayotini saqlab qolish, og‘ir asoratlarni kelib chiqishini oldi olingan bo‘ladi.
Dastlabki yordam, shifokor kelguniga qadar tezroq oshqozonga tushgan sirka essensiyasini neytrallash kerak. Buning uchun jabrlanuvchiga bir necha stakan sut ichirish yoxud muzdek ichimlik – suv, achchiq choy, kofe berish kerak.
Shuni yodda tutish kerakki, sirka essensiyasidan zaharlangan odamlar shoshilinch ravishda statsionar sharoitda tibbiy yordam olishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.
”Здоровье” jurnali, 1962, № 7, t.f.n.I.Yu.Yudin maqolasidan foydalanildi.