Ma’lumki, siydik iopining shamollashiga uchragan bemorlar turli shifokorlarga (urolog, terapevt, ginekolog, jarroh) murojaat qiladilar. Buning sababi siydik qopini odam organizmidagi anatomik joylashuvi va fiziologiyasi bilan bog‘liqdir.
Sistit – grekcha “sistos”, ya’ni puffak, qopcha, “it” qo‘shimchasi esa shamollash, yallig‘lanish ma’nosini anglatadi.
Siydik qopi kichik tos suyagini o‘rtasida joylashgan bo‘lib, to‘liq holatida qorin bo‘shlig‘iga botib, kirishi mumkin. Erkaklarda u orqa tomondan to‘g‘ri ichakka, pastda prostata beziga tegib turadi; ayollarda esa siydik qopini ortida bachadon va qin joylashgan.
Demak, siydik qopi atrofidagi boshqa a’zolar bilan qon va limfa tomirlari vositasida bog‘langan bo‘lib, ushbu a’zolardagi har qanday kasallik siydik qopiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni ulardagi mikroblar (streptokokk, stafilokokk, diplokokk, ichak tayoqchalari) shu yo‘llar orqali siydik qopiga o‘tib, uni yallig‘lanishiga sababchi bo‘ladi.
Odatda, siydik qopining shilliq qavati turli xil ta’sirlarga chidamli bo‘ladi, lekin yallig‘lanish boshlangach, peshob chiqishini oxirida qorinni pastki qismida kuchli og‘riqlar paydo bo‘ladi.
Keyinchalik, peshobni chiqarishga bo‘lgan istak tezlashib, bemor har 10-20 daqiqa, ba’zan undan ham oldinroq siydik qopini bo‘shatishga majbur bo‘lib qoladi. Shuningdek, oxirgi peshob tomchisi qon aralashuvi tufayli qizil, yiring bo‘lsa, xira rangga kirgan bo‘ladi.
Sistitni rivojlanishi uchun faqat mikroblarni ta’siri kamlik qiladi va buning uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar, sabablar ham bo‘lishi lozim:
Sistit kasalligiga chalingan bemorlar sifatli, vitaminlarga (ayniqsa vit.A va vit.S) boy ovqatlardan tanavvul qilishlari kerak.
Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar ko‘pligi tufayli, nafaqat siydik qopini infeksiyalardan saqlash, balki kasallikni oldini olish maqsadida siydik qopi atrofidagi a’zolarni kasallanishdan ehtiyot bo‘lish lozim.
O‘tkir sistit boshlanganda quyidagilarga rioya qilish zarur:
Ikki-uch kun oralatib go‘shtli ratsionni sut-sabzavotli ratsion bilan almashtirish kerak. Bemor o‘tkir sistitdan odatda 2-3 haftada tuzaladi. Sovuq, zax va yelvizakli xonada yoki kuz, qish, bahor fasllarida ochiq havoda ishlaydigan, sistit kasalligini boshidan o‘tkazgan xodimlar, kasallikni qaytalanishidan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Ular shaxsiy gigiyena va kundalik rejimga rioya qilishlari zarur. Buning uchun jismoniy badan-tarbiya, sportning biron-bir turi bilan shug‘ullanish orqali tanalarini chiniqtirishlari lozim.