1960 yillarni boshida Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahridagi vitamin zavodi yangi parhez oziqasi – bir bo‘lak (plitka) shokolad shaklidagi oziqaviy sorbitni ishlab chiqara boshladi. Uni tarkibida 95 foiz sorbit, 4 foiz namlik va 0,5 foiz mineral moddalar bo‘ladi.
Toza holdagi sorbit oq kristall kukun ko‘rinishida bo‘lib, kimyoviy tarkibiga ko‘ra olti atomli spirdir va shakar hamda boshqa uglevodlarga umuman aloqasi yo‘q hisoblanadi. Bir gramm sorbit 3,9 kaloriya beradi va kaloriyali shakardan qolishmaydi.
Uning bu xususiyati tufayli qandli diabet kasalligiga uchragan bemorlarni ovqati uchun shakar o‘rnida sorbitdan foydalanish mumkin.
Amaliyotda, sorbit har tomonlama saxarin va qandli diabetda shakar o‘rnida beriladigan boshqa sun’iy shirin moddalardan ustun turadi.
Sorbit tabiatda (olcha, olxo‘ri, olma va boshqa ho‘l mevalar) yetarlicha keng tarqalgan, ayniqsa chetan daraxtini mevasida (ryabina) ko‘p bo‘ladi.
"Здоровье" jurnali, 1962, № 3, dots. I.M.Volter maqolasidan foydalanildi.