TЕLЕVIZOR KO‘RISH KO‘ZGA ZARARMI?
img description
Televizor ko‘rishda ko‘z sog‘lig‘ini saqlash uchun tavsiyalar

Bunday savol ko‘p beriladi va javobi esa bitta – yo‘q, xavfsiz.

Ma’lumki, elektron-nurli trubkalarni energiya bilan ta’minlash uchun tele-apparaturalar 12 000 vatt kuchlanishga ega. Bunday kuchlanish, trubkaning qalin shisha devori va uning ekraniga kira oradigan, intensiv ravishda rentgen nurlanishini yarata olmaydi. Bundan tashqari trubkalarning zamonaviy namunalari nurlanish uchun yanada o‘tib bo‘lmaydigan, alyuminiylashtirilgan ekranlarga egadir.

Shuningdek, tele-markazlardagi televizion apparaturalar bilan doimiy ravishda ishlaydigan xodimlarda ham rentgen nurlaridan zararlanish holatlari uchramaydi.

Odamlar doimo ionlashtirilgan nurlanish ta’sirini his qiladilar. Kosmosdan Yerga to‘xtovsiz ravishda ionlashtirilgan nurlar kelib turadi, lekin Yer sharini o‘rab turgan atmosfera bu nurlanishlarning barchasini to‘sib qoladi. Shunga qaramay, tog‘ jinslari va tuproqda radiaktiv moddalarning juda kam konsentratsiyasi mavjud. Odamzod hayot faoliyati jarayonida bu “tabiiy fon”ga moslashgan va u xavf tug‘dirmaydi.

Ayrim odamlarda, bir necha soat davomida tele-dasturlarni ko‘rgach (ba’zan yetarlicha tiniq bo‘lmagan ko‘rinishdagi ekranda), ko‘zlarni charchashi kuzatiladi: ko‘z olmasi joylashgag orbitada, ensa sohasida og‘riq paydo bo‘ladi, ko‘z yoshlanadi. Ammo ushbu charchoq 5-10 daqiqalik dam olishdan keyin o‘tib ketadi. Bunday dam olish turlicha bo‘lishi mumkin: ko‘z nigohini boshqa narsalarga qaratish yoki ko‘zni bir necha daqiqaga yumish kerak.

Ko‘zni charchashiga olib keluvchi sabablarni bartaraf qilish uchun katta bo‘lmagan elektr lampadan foydalanish mumkin. Tele-dasturlar paytida lampani tamoshabinlarni orqa tomoniga, chiroqni nuri ekranga tushmaydigan qilib joylashtiriladi. Lampaning abajuri qora rangda bo‘lgani ma’qul. Lampa o‘rnatiladigan joy va uni osib qo‘yiladigan balandligi, xonaning balandligi hamda televizorni joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi.

O‘rtacha va katta o‘lchamdagi ekrandan tele-tomoshabinlar 2-2,5 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘tirishlari kerak. Televizor dasturlarini tamosha qilishda ekranga juda yaqin o‘tirmaslik, yon tomondan va yotgan holda ko‘rmaslik lozim.

Agarda ushbu tadbirlarni barchasiga amal qilingandan keyin ham tele-dasturlarni ko‘rishda charchoq va boshqa noqulayliklar sodir bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

“Здоровье” jurnali, 1960, №11, t.f.d. N.S.Brodskiy maqolasidan foydalanildi.