Tishlarimiz yuzasida oq dog‘lar paydo bo‘lib qolganini ba’zan bilmay ham qolamiz. Agarda uni olib tashlanmasa, ovqatdan keyin tishlarni muntazam tozalab, suv bilan chayqab turilmasa, bu dog‘lar ustma-ust qoplanib va qattiqlashib, asta-sekin rangini o‘zgartiradi va qalin parda qavatini, ya’ni tishdagi toshlarni hosil qiladi.
Tishdagi toshlarni hatto sun’iy tish protezlarida ham (agarda vaqtida tozalab turilmasa va tunda yotganda ularni yechib qo‘yilmasa) paydo bo‘lishi kuzatiladi. Toshlar katta yoshdagilarni taxminan 80 foizida, asosan so‘lak bezlarini og‘iz bo‘shlig‘iga ochilish joylarida: yuqori oldingi tishlarni til tomonida va yuqori tishlarni milkka qaragan tomonlarida yuzaga keladi. Tishlarda tosh yig‘ilishi milk chetlarida, tishlarning bo‘yin qismida ro‘y beradi va hatto tish ildiziga qadar chuqur kirib borishi mumkin. Shuningdek, toshlar yuqori va pastki jag‘lardagi tishlarni ovqatni chaynashda ishtirok etmaydigan tomonlarida ham to‘planadi, chunki bu joylardagi tishlar o‘z holicha ovqatdan tozalanib qolmaydi. Milklarni ustidagi toshlar sariq rangda, milkni ostidagisi jigarrang va qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi. Milk ostidagi tish toshlari o‘ta qattiqligi bilan tavsiflanadi.
Odamni og‘iz bo‘shlig‘idagi toshlarni paydo bo‘lish sabablari qanday? Bu haqda olimlarning qarashlari turlicha bo‘lib, ba’zilari “so‘lak bezi kanalchalaridan ajralgan so‘lak havo bilan to‘qnashib, unga ko‘p miqdordagi karbonat kislotani beradi va shu paytda Sa tuzlari tishlarda qattiq zarrachalar shaklida cho‘kadi”, desalar, yana bir gurux olimlar “tishlarda toshlarni paydo bo‘lishi, organizmdagi modda almashinuvini buzilish natijasidir” degan nazariyani oldinga suradilar.
Ayrim odamlar “Nima uchun qishloq aholisi o‘rtasida, shaharliklarga qaraganda tishdagi toshlar kam uchrashi va tishdagi emal qavatini yemirilishi nisbatan oz uchraydi?” deb so‘raydilar. Chunki qishloq aholisi sabzavotlar va ho‘l mevalarni xomligicha ovqatda iste’mol qiladilar va organizm bunda yetarlicha vitaminlar bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari og‘izda ovqatni shoshmasdan yaxshilab chaynash natijasida og‘iz bo‘shlig‘ini o‘zicha tozalanishi va milklarni mustahkamlanishi va qon aylanishi yaxshilanadi. Ba’zan odamlar orasida “tishlardagi toshlarni tozalash bilan milklarni shikastlab, ularning mustahkamligiga zarar keltirib chiqarishi mumkin. Tozalanmagan tishlarda 800 mln.ga qadar mikroblar yig‘iladi va tozalash natijasida ularni soni kamayadi.
Agarda og‘iz bo‘shlig‘ida tishdagi toshlar kshp bshlmasa, hech qanday og‘riq bezovta qilmaydi. Ammo keyinchalik, milklarni ustida tish toshlari paydo bo‘lsa, qichishish, qonash, og‘izdan badbo‘y hid keladi. Bunda milklar bo‘shashib, tishlarni ushlab turgan bog‘lamlar buziladi, tish ildizi vamilkni o‘rab turgan to‘qimalardagi qon aylanishi yomonlashadi. Sog‘lom tishlar liqillab qoladi.
Yana bir gap, hech qachon o‘zingizcha tishdagi toshlarni igna, to‘g‘nog‘ich va boshqa uchli predmetlar bilan olib tashlashga urinmang, aks holda og‘iz bo‘shlig‘iga infeksiyani olib kirish yoki milklarni jarohatlab qo‘yish va tish emalining butunligini buzish mumkin. Tishdagi toshlarni bartaraf etish shifokorning ishidir.
(“Здоровье” jurnali, 1960, № 1, stomatolog Ye.M. Lebedeva maqolasi asosida tayyorlandi)