Har bir sog‘lom odamda ja’mi 32 ta tish, yuqori va pastki jag‘da 16 tadan tish bo‘ladi. Tishlarni vazifasi ovqatni uzib olish, maydalash, chaynashdan iborat. Tish tashqi tomondan sanaganda eng qattiq emal, so‘ngra sement va uning ostida dentin qavatlari bilan o‘ralgan hamda tishni ichki o‘rta qismida bo‘shliq – pulpa joylashgan. Shuningdek, har bir tishni og‘iz bo‘shlig‘iga chiqib turgan qismi (korona), bo‘yin va ildizi farq qilinadi.
Tishlarni eng ko‘p tarqalgan kasalliklaridan biri bo‘lgan kariyes - lotincha so‘z bo‘lib, tishni chirishi, degan ma’noni anglatadi – tishlarni turli xildagi buzilishlarini boshlang‘ich va asosiy sababchisi hisoblanadi.
Kariyes avvalo tishni emal qismidagi kichkina bir jarohat o‘zgarishi bilan boshlanib, o‘z vaqtida davolanmasa sement va dentinga ham chuqurlashib boradi hamda pulpaga kirib borgach, u yerdagi ko‘plab nerv uchlarini ta’sirlab, u yerda shamollash illati – pulpitni keltirib chiqaradi. Oqibatda tish ildizini uchki qismi zararlanadi (periodontit), so‘ngra tish suyagini ustki pardasini shamollashi (flyus) yoki yanada og‘irroq dard – jag‘ suyagini shamollashi (osteomiyelit) yuz berishi mumkin. Ba’zan kasallikni o‘tkazib yuborish oqibatida tishdagi infeksiya qonga o‘tishi, revmatizm jarayoni, yurak va buyrak kasalliklarini keltirib chiqarish ehtimoli tug‘iladi.
Bunday og‘ir asoratlarni oldini olish mumkinmi? Ha, buning uchun:
”Здоровье” jurnali, 1962, № 7-sonidagi maqoladan foydalanildi