UYQUDA TISHNI G‘IJIRLATISH
img description
Uyquda tishlarni g‘ijirlatish: sabablar va muammolar

Ko‘pchilik onalar “bolam sog‘lom bo‘lsada, negadir uyqusida tishlarini g‘irlatadi” deb shikoyat qiladilar va xavotirga tushadilar.
Uyquda tishlarni g‘ijirlatishni qanday tushuntirish mumkin?
Tishlarni g‘ijirlatish –jag‘ mushaklarini o‘ziga xos qisqa muddatli qisqarishidir va bu mushaklar yuzdagi uch 

tarmoqli nervning harakat tolalari bilan bajariladi. Ularga impuls (xabar) bosh miya po‘stloq osti qismidan keladi.
Ma’lumki, uyquni yuzaga kelishida bosh miya po‘stloq qismida boshlangan tormozlanish , asta-sekin po‘stloq osti qismiga tarqalishi bilan chuqur va tinch uyqu sodir bo‘ladi. Agarda bosh miya po‘stlog‘i tormozlangan, ammo po‘stloq osti qismi hamon uyg‘oq holda, hatto miya po‘stlog‘iga bo‘ysunish doirasidan chiqib ketadigan holatlarda, uyqu notinch va yuzaki bo‘ladi, ayrim qismlari qo‘zg‘alishi ham mumkin. Shuning uchun uxlab yotgan bolalarda, nafaqat bolalarda, balki kattalarda ham, o‘zi bilmagan holda tishlarni g‘ijirlatish, yotgan joyida har tomonga ag‘darilish, qichqirish, qattiq gapirib yuborish holatlari kuzatiladi.


Bolalarning miya po‘stloq osti qismi, kattalarga qaraganda osonlik bilan bosh miya po‘stlog‘iga bo‘ysunish doirasidan chiqib ketadi. Agarda uxlab yotgan bolani kuzatilsa, uni beihtiyor qo‘l-oyoqlarini harakatlantirishi, qo‘l siltashi, cho‘chinqirashi, og‘zidagi ovqatni chaynayotgandek harakatlariga guvoh bo‘lish mumkin.
Shuningdek, bolani uyqusida tishlarini g‘ijirlatishi sababini ichaklarida gijjalar mavjudligi bilan ham bog‘laydilar. Bunday holatda, shifokor bolani tekshirib ko‘rib, kasallikning taxminiy tashhisini tasdiqlasa, tegishli dorilarni tavsiya etadi.
Notinch, chuqur bo‘lmagan uyqu boshqa sabablardan – oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, tumov, uyqudan oldin qattiq hayajonlanish, noqulay to‘shak va hokazolar bo‘lishi mumkin. Har bir yuzaki uyquni sinchiklab o‘rganish, sababini aniqlab, uni bartaraf qilish choralarini ko‘rish kerak.


Bolalar uchun kundalik rejimni (ovqatlanish, uxlash, dam olish, sayr qilish, jismoniy badan tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish, yuvinish va h.) tashkillashtirishda uyqu rejimiga alohida e’tibor berish lozim. Bola uxlaydigan xona yaxshi shamollatilgan bo‘lishi, jumladan deraza darchasini ochish mumkin. Bularning barchasi bolani tezda uxlashi va tinch uyqusiga zamin yaratadi va uyqusida tishlarni g‘ijirlatish holati yo‘qoladi.


(“Здоровье” jurnali, 1960, № 4, M.A.Kudryavsev maqolasi asosida tayorlandi)