UYQUDAN OLDIN JISMONIY MASHQLAR BAJARISH MUMKINMI?
img description
UYQUDAN OLDIN JISMONIY MASHQLAR BAJARISH MUMKINMI?

UYQUDAN OLDIN JISMONIY MASHQLAR BAJARISH MUMKINMI?

Uyqu – charchoqqa qarshi ishonchli vositadir. Chuqur uyqu paytida, odatda puls kamayadi, yurak faoliyati sekinlashadi va arterial qon bosimi tushadi, nafas olish kamayadi, mushaklar tonusi pasayadi.

Odam ertalab uyqudan turganida o‘zini lanj his qiladi, harakatlanishi sust bo‘ladi, oyoq-qo‘llarida og‘irlikni his qiladi. Bularning barchasini tonggi jismoniy badan-tarbiya mashqlari tarqatib yuboradi va odamga tetiklik bahsh etadi.

Jismoniy mashqlar davomida puls tezlashadi, qon bosimining yuqori ko‘rsatkichi 5-20 mm simob ustuniga ko‘tariladi, organizmning kislorodga to‘yinishi 10-30 foizga oshadi.

Har kuni ertalabki jismoniy badan-tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanuvchi odamda o‘pkaning hayotiy sig‘imi va nafas olish chuqurligi ortadi, qon bosimi kamayadi, mushaklar tizimi rivojlanadi, to‘g‘ri qomat shakllanadi.

Uyquga yotishdan avval gigiyenik mashqlarni bajarish kerakmi?

Mehnat kuni davomida charchagan organizm dam olishga muhtoj bo‘ladi va uyqu paytida tanadagi tonusni pasayishiga tayyorlanishi lozim. Organizm uchun zarur bo‘lgan dam olish o‘rniga, organizmni tetiklashtiruvchi jismoniy mashqlarni bajarish maqsadga muvofiqmi? Yo‘q, albatta, chunki toliqqan organizmni yana qayta uyg‘otishga urinish, tungi uyquni besaranjom bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

Demak, ertalabki jismoniy badan-tarbiya mashqlari, ertalab bajarilishi lozim. Kechqurun uyquga yotishdan oldin 20-30 daqiqa davomida toza havoda sayr qilish, bir-ikki marotaba nafas olish mashqlarini bajarish, uy havosini almashtirish, oyoqlarni iliq suvda vanna qilish, har kuni bir vaqtda yotishga odatlanish, miriqib uxlashning eng ma’qul vositalari hisoblanadi.

Здоровье” jurnali, 1962, № 8, t.f.n.N.A.Zinovev maqolasidan foydalanildi.