UZOQNI YAXSHI KO‘RMASLIK KASALLIKMI?
img description
Bolalardagi Uzoqni Yaxshi Ko‘rmaslikning Oldini Olish Choralari

Bolalardagi uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslikni (“shabko‘rlik” yoki “tovuq ko‘rish”) oldini olish uchun avvalo uning sabablarini o‘rganish, so‘ngra kerakli chora-tadbirlarni ko‘rmoq lozim.

Bizning zamonaviy tibbiyotda shabko‘rlikni uchta darajasi farqlanadi: kuchsiz – 3 dioptriyagacha (dioptriya – linzaning optik kuch birligi), o‘rtacha – 3 dan 6 gacha va yuqori – 6 dan yuqori bo‘lgani.

Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, maktab yoshidagi bolalarda shabko‘rlik 2 dioptriyaga, ba’zan ko‘zning patologik o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda 3 dioptriyagacha bo‘lishi tez-tez aniqlanadi.

Bolalardagi shabko‘rlik nafaqat yuqori sinf o‘quvchilari orasida ko‘p uchrashi, balki shabko‘rlikni darajasi ham ortishi kuzatiladi. Odatda 4-sinfgacha shabko‘rlik deyarli uchramaydi, to‘rtinchidan sakkizinchi sinfgacha kam bo‘lsa, 9-10-sinflardagi soni keskin ortishi ma’lum bo‘lgan.

Shabko‘rlikni rivojlanishiga nima sababchi bo‘ladi? Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha birgina ko‘rish bilan bog‘liq ishdan tashqari, ushbu ishlar amalga oshiriladigan shart-sharoitlarning noqulay, nobop ta’sirlari (ovqatlanish, tabiat sharoitlari, iqlim, quyosh radiatsiyasi) ham muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, o‘quvchilarning kundalik rejimi, ularning sog‘lig‘ini saqlash, tibbiy xizmatni tashkillashtirish, sinflarni yoritilishi, o‘quv qo‘llanmalarini bezatilishi – ularning barchasi ko‘rishga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.

7-8 yoshdagi bolalarda o‘qish, yozish va hatto bir xil holatda (poza) uzoq muddat o‘tirish malakasi hosil bo‘lmagan bo‘ladi va ularda uchun to‘rt soatli dars ham katta qiyinchilik tug‘diradi.

Buni oldini olish uchun ko‘zlarni zo‘riqishi bilan kechadigan darslarni jismoniy mashqlar darsi bilan navbatma-navbat tashkillashtirish kerak. Shu bilan birga o‘quvchilarning ish qobiliyatini kamayishi yoki ortishi ko‘ruv funksiyasini o‘zgarishlari bilan mos ravishda bo‘ladi. Chunki soatlab televizor oldida o‘tirish, ko‘zlarni zo‘riqishi bilan birga asab tizimini ham charchatadi.

Televizor qarshisida o‘tirish vaqtidan tashqari, ko‘z bilan ekran oralig‘idagi masofa 3 metrdan kam bo‘lmasligi, ekranga faqat to‘g‘ridan qarab o‘tirish, xonadagi chiroqni o‘chirmaslik, texnik jihatdan nosoz bo‘lgan televiordan foydalanmaslik lozim. Yorug‘lik xonaga chap tomondan tushishi kerakligi bilan birga, bolaning ko‘ziga va ekranga tushmasligi ham muhim ahamiyatga ega.

5-sinfgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan kunduzgi tele-dasturlarni, shunda ham bir haftada 2-3 marotaba ko‘rishlari mumkin, chunki bolalarni sayr qilish vaqtlarini kamaytirmaslik kerak. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun kechqurungi dasturlarni haftasiga 2-3 marotaba ko‘rish tavsiya etiladi va bu 22.00 dan o‘tib ketmasligi zarur. Zero, bir soatlik tele-ko‘rsatuvdan keyin ko‘zlar toliqib, ko‘ruv o‘tkirligi yomonlashadi.

Bolalar organizmiga jismoniy ishlar – maktab ur xududlaridagi qishloq xo‘jaligi amaliyoti, ta’mirlash ustaxonasi va oila, jamiyat ishlaridagi tadbirlar (masalan, hashar) ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Keyingi yillarda maktablardagi sinf xonalarini sun’iy ravishda yoritish maqsadida lyuminessent eritem lampalaridan keng foydalanilmoqda.

Uy sharoitida, ya’ni bolani dars tayyorlash paytida yorug‘lik yetarli darajada bo‘lishi kerak. Stol deraza yaqinida yoki kamida undan 2-3 metr uzoqlikda bo‘lishi va stol ustiga yorug‘lik chap tomondan tushmog‘i lozim. Quyosh nurlari ko‘zga tushmasligi kerak, chunki ko‘zlarni og‘ritib, ish qobiliyatini kamaytiradi. Kechki paytda esa stol ustiga abajurli (qalpoqli) lampa (5-60 vatt) qo‘yilgani ma’qul.

O‘quvchi ko‘zlari bilan kitob-daftar oralig‘idagi masofa 35-40 sm bo‘lishi zarur va dars tayyorlash paytida bolani to‘g‘ri holda o‘tirishini nazoratga olish lozim.

O‘quvchida shabko‘rlik rivojlanishini oldini olish uchun o‘z vaqtida ko‘z shifokori-oftalmologga ko‘rinib, ko‘zoynak taqish tavsiya etilgan hollarda, unga hech qanday tortinishsiz amal qilish zarur.

Muxtasar qilib aytganda, shabko‘rlikni oldini olish – katta gigiyenik va hayotiy muammo bo‘lib, inson uchun ko‘rish qobiliyatini saqlash demakdir.
 

 

”Zdorove” jurnali, 1962, № 7, t.f.n.Ye.M.Belostotskaya maqolasidan foydalanildi