VITAMINLAR HAQIDA
img description
Vitaminlarning organizm uchun ahamiyati va ularni to‘g‘ri qabul qilish usullari

Vitaminlar, ayniqsa bolalar va keksalar uchun bebaho hisoblanadi. Chunki bolalar organizmi o‘sishi uchun energiya va qurilish manba'lariga muhtojlik sezsa, keksalarda esa modda almashinuvi pasayadi, turli a'zo va tizimlarning funksiyalari bo‘shashadi.

Mevalar va rezavor mevalar (masalan, qulupnay) orqali organizmga ko‘plab vitaminlar: A provitamini – karotin, S va R vitaminlari, K vitamini va foliya kislota kirib keladi. Bundan tashqari, mevalar juda ko‘p minerall tuzlar, fruktoza va dag‘allashtiruvchi moddalarga boy bo‘ladi. Organik kislotalar o‘tni va oshqozon osti bezidan soklarni ajralib chiqishiga ta'sir ko‘rsatib, ovqatni hazm bo‘lishiga yordamlashadi.

S vitamini meva va rezavor mevalarda o‘ta biologik faol holatda bo‘ladi, chunki ushbu mahsulotlarda R vitamini mavjudligi bu borada o‘ziga xos katalizator vazifasini o‘taydi va ular o‘zaro ta'sir ko‘rsatish xususiyatiga egadirlar. Bu holat yurak-qon tomir va immun tizimlar, xolesterin modda almashinuvi va qon ishlab chiqarish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu vitaminlar na'matak va qora smorodinada ko‘p miqdorda bo‘ladi.

Katta yoshdagi odamga bir kecha-kunduzda 70 mg S vitamini kerak bo‘ladi. Bitta yirik apel'sin, 25 gramm qora smorodina yoki 150 gramm zemlyanika ushbu muhtojlikni qondirishi mumkin. 100 gramm na'matakda 1000 va undan ortiq milligramm S vitamini va 680 mg R vitamini bo‘ladi. Shuningdek, S vitamini olmada ko‘p bo‘ladi.

Ma'lumki, V guruh vitaminlari non, krupa va boshoqli donlarda ko‘p miqdorda uchraydi. Ammo 100 gramm meva va rezavor mevalarda V1 va V2 vitaminlari juda oz miqdorda bo‘ladi.

Tibbiyot amaliyotidan ma'lumki, yetuk yoshdagilar va keksalar qandni imkon qadar kamroq iste'mol qilganlari ma'qul. Zero, qand organizmda yog‘ni to‘planishi va organizmda xolesterin miqdorini ortishiga olib keladi hamda ichaklardagi foydali bakteriyalar faoliyatini pasaytiradi. V guruh vitaminlarini xosil qilish qobiliyatini kamaytiradi. Meva va rezavor mevalardagi fruktozani esa barcha yoshdagilarga tavsiya qilish mumkin. Masalan, olmada qand miqdori bir foiz atrofida bo‘lsa, fruktoza miqdori undan 5 barobar ko‘p bo‘ladi.

Meva va rezavor mevalardagi pektin moddasi va kletchatka ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va ichaklardagi foydali bakteriyalarni o‘sishi va rivojlanishi hamda chirish jarayonlarining tezligini kamaytirishga yordam beradi.

Shuningdek, mevalardagi kletchatka nafaqat ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi, balki oshqozon va ichaklardagi soklarni ko‘payishi va ushbu a'zolarning harakatini (peristal'tika) kuchaytirib, organizmdan xolesterinni ko‘plab chiqib ketishiga sababchi bo‘ladi.

Xom o‘simlik oziqasi semirish, xafaqonlik, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, jigar va o‘t yo‘llarini profilaktikasi va davolashda foydali hisoblanadi.

Meva va rezavor mevalarning minerallar tarkibi o‘zida ko‘p miqdorda kaliy, kam miqdorda natriy bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kaliy organizmdan ko‘p miqdorda suv va osh tuzini chiqarib yuborish xususiyatiga ega. Shuning uchun natriy xlorid – osh tuzini tanada shishlar bilan kechadigan kasalliklarda suvni chiqarib yuborish uchun undan foydalanish mumkin. Ayniqsa, kaliy quritilgan meva va rezavor mevalarda ko‘p bo‘ladi. Masalan, 100 gramm danaksiz turshakda 1717 mg, danakli turshakda 890 mg kaliy bo‘ladi. Katta yoshdagi sog‘lom odam uchun bir kecha-kunduzda 2-3 gramm kaliy kerak bo‘ladi.

Meva va rezavor mevalarda temir, mis, kobal't ham mavjud bo‘ladi. Mis va kobal't elementlar organizmda qon ishlab chiqarilishida ishtirok etadilar, ularning miqdorini yetishmasligida kamqonlik sodir bo‘ladi. Agarda mis yetishmasa, temir organizmdagi qon ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish xususiyatini yo‘qotadi. Organizmda misni yetishmasligiga chaqaloqlar o‘ta sezgir bo‘ladilar, ya'ni ona sutidan tashqari boshqa ovqat olmasa, unda kamqonlik ro‘y beradi. Bola tug‘ilishi bilan misga ehtiyoj sezadi va ma'lum bir vaqt uni ona sutidan olib turadi, so‘ngra kamqonlikni oldini olish uchun unga qo‘shimcha ravishda sut aralashmasi, shu jumladan meva va rezavor meva soklari va tuxum sarig‘ini ertaroq berish lozim bo‘ladi.

Meva va rezavor mevalardagi turli xil minerall moddalarning organizmga, ayniqsa ishqoriy ta'sir ko‘rsatish xususiyati ateroskleroz va xafaqonlik kasalligini oldini olishda foydalidir.

Bir xil meva va rezavor mevalar (uzum, olma, qulupnay, zemlyanika), oshqozon soki miqdorini ko‘paytirsa, boshqa bir xillari (krijevnik, qizil smorodina, gilos, olcha, o‘rik) aksincha, kamaytiradi.

Meva va rezavor mevalar bakteriyalarning o‘sishiga qarshi bo‘lgan moddalar – fitonsidlarning manbai hisoblanadi. Fitonsid moddalari piyoz va sarimsoqpiyozda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Ular og‘iz bo‘shlig‘ida dezinfeksiyalovchi ta'sir ko‘rsatsa, ichaklardagi chirituvchi mikroorganizmlarni ko‘payishiga yo‘l bermaydi hamda foydali ichak bakteriyalarini hayoti uchun qulay sharoit yaratib beradi.

 

"Здоровье" jurnali, 1962, № 8, prof. K.S.Petrovskiy maqolasidan foydalanildi.