Har bir oilada bolalarga “Vodoprovod suvidan ichma!”, degan buyruqni eshitib qolamiz. Darhaqiqat, xom suvdan ko‘ra uni qaynatib ichish ma’qulmi?
Gap shundaki, garchi idishdagi qaynatilmagan suvda organik va noorganik moddalar, mikroorganizmlardan tashqari, unda ichburug‘ (dizenteriya) va qorin tifi bakteriyalari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun suvni tozalash qurilmalari bo‘lmagan va ichimlik suvining tozaligini kundalik nazorati bo‘lmagan xududlarda suvni qaynatib ichish lozim.
Shuningdek, suvni qaynatilganda undagi tuzlar, jumladan magniy va kalsiy karbonatlar cho‘kadi, kalsiy tuzlari esa odamni suyaklari va tishlarini o‘sishi uchun kerakli bo‘lgan ohak uchun qo‘shimcha man’ba hisoblanadi. Shu sababli suvni tozalash qurilmalari mavjud bo‘lgan markaziy shaharlardagi tozalanib, xlorlanib turiladigan vodoprovod suvlari va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinadigan chuqur artezian quduqlari suvini qaynatmasdan ichish mumkin. Siz yashab turgan xududdagi vodoprovod jo‘mragidan xom suvni ichish mumkin yoki yo‘qligi haqidagi savolingizga sanitariya-epidemiologiya stansiyasi javob beradi.
Agarda siz ichish uchun tiniq suvni choynak, grafin yoki boshqa bir idishga solsangiz, uning ustini yopishni unutmang. Zero, unga turli mikroblar, pashsha va boshqa hasharotlar tushib qolish ehtimoli bo‘ladi. Tadqiqotlardan ma’lumki, bunday sharoitdagi suvda bakteriyalar 15-27 kungacha tirik holda mavjud bo‘ladi. Shu sababli, suv solingan idishlarning og‘zini mustahkamlab yopish zarur.
Choynak va grafindagi sovib qolgan suvni ustiga qaynatilgan suvni quyib to‘ldirish tavsiya etilmaydi, chunki bunda hosil bo‘lgan harorat mikroblarni rivojlanishi uchun qulay sharoit bo‘ladi. Har qanday idish jo‘mragidan to‘g‘ridan to‘g‘ri suv ichishga odatlanmang.
”Здоровье” jurnali”, 1962, № 4, t.f.n. I.A.Malevskaya maqolasidan foydalanildi.