XOTIRANI YAXSHILASH USULLARI
img description
Sog'liq va tibbiyot

Xotira — odamning ruhiy faoliyatini murakkab jarayonlari qadimdan o‘ziga diqqat va e’tiborni jalb qilib kelgan. Ushbu jarayonni o‘ziga xos jihatlari, xotirani asosida yotuvchi murakkab mexanizmlari har tomonlama tahlil qilish, uning rivojlanishi va takomillashuvini ochib beradi.

Xotira vositasida o‘tmishdagi voqea-hodisalar, taassurotlar qayta tiklanadi. Bu qanday ro‘y beradi?

Bizning asab tizimimizga doimiy ravishda turli xil ta’sirlar bo‘lishi bilan sezgi a’zolarimiz ularni qabul qiladi. Natijada bosh miya po‘stloq qavatida biz ko‘rayotgan, eshitayotgan, boshdan o‘tkazgan voqealarning obrazlari aks etadi va shu sababli biz fikrlaymiz. Xotira bo‘lmaganida insonni hayoti izdan chiqib, har bir narsa va voqea-hodisalarni yana va yana qaytadan o‘rganish, tushunishga to‘g‘ri kelar edi. Har bir tashqi ta’sir miya po‘stlog‘ida ma’lum bir qo‘zg‘alish o‘chog‘ini yaratadi va bu o‘choqlar alohida bo‘lmasdan, doimo bir-biri bilan aloqa qilib turadi. Ushbu qo‘zg‘alish o‘choqlari vaqtinchalik bo‘lib, boshqa o‘choqlar bilan munosabatda asta-sekin o‘chadi va o‘zidan keyin barmoq izlari kabi iz qoldiradi. Vaqt o‘tishi bilan bu izlar qayta tiklanib turli voqea-hodisalarni qayta namoyon qilib beradi. Bunday esda qoldirish maqsadli va maqsadsiz ravishda ham bo‘lishi mumkin. Albatta, maqsadli ravishda eslab qolish samaraliroqdir. Masalan, 80 ta so‘zdan iborat she’rni yodlash uchun 8 marotaba, 80 ta ma’nosiz so‘z jumlasini eslab qolish uchun esa – 80 marta uni qaytarish lozim bo‘ladi.

Esdagi saqlab qolish ikki xil bo‘ladi, mexanik (beihtiyoriy tarzda) va ma’noli bo‘ladi. Bizga kerakli bo‘lgan telefon raqamlarini mexanik ravishda eslab qolamiz. Lekin biron-bir hodispni esda qoldirish uchun oldindan uni tushunish, fikrlab ma’nosini bilib olishga harakat qilamiz. Hayotda mexanik holda xotirada zo‘r saqlab qoladigan odamlar bo‘ladi. Ammo samarali eslab qolish uchun bu yetarli emas. To‘liq xotira, qachonki xotirasini mexanik va ma’noli ko‘rinishlari bilan birgalikda sodir etilganda yuzaga keladi.

Biron bir voqea-hodisa, odamlarni qayta xotirada tiklash juda murakkab jarayondir. Biz har bir daqiqada qabul qiladigan taassurotlar bosh miya po‘stlog‘ida o‘zaro aloqaga kirishib, assotsiatsiya hosil qilishi sababli, bironta shaxsning portretini ko‘rsak, u bilan bog‘liq boshqa ko‘plab xotiralar ham yuzaga qalqib chiqadi. Demak, assotsiatsiyalar – miyada vaqtinchalik nerv aloqalari sifatida mavjud bo‘lgan, tabiatlari aloqalarni eks ettirishdir.

Odam o‘ziga kerakli bo‘lmagan narsalarni esdan chiqarishi mumkin, ammo kerakligini yodda saqlab qoladi. Shunday ekan, butunlay esdan chiqarish amalda bo‘lmaydi. Shunchaki, biz hamma narsani eslaymiz, lekin turli darajada bo‘ladi, xolos. Masalan, bolalik paytida yo‘qolib qolgan odam katta bo‘lgach, oilasidagilarni taniy olmaydi, ammo onasini beshik oldida aytgan alla qo‘shig‘ini yana bir bor eshitganda, ota-onasi va bolaligi o‘tgan oilasini to‘liq xotirlagan holatlari kuzatilgan.

Ko‘pincha, mana bu odamni xotirasi kuchli, mana buniki esa yomon, deb bo‘lmaydi. Bu noto‘g‘ri fikrlash, chunki xotira biron-bir yo‘nalishda kuchli, boshqa sohada yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Masalan, odamni bir ko‘rishda yuzini eslab qolgan kishi, uning ismini yodda saqlamasligi tabiiy. Kimdir qisqa muddatda tez eslab qolish qobiliyatiga ega bo‘lsa, boshqa bir odam shu narsani sekinlik bilan qabul qilib, uzoq muddatga xotirasida saqlashi mumkin. Demak, xotirani shaxsiy o‘ziga xos jihatlari turlicha bo‘lar ekan.

Xotira yaqqol ko‘rinishdagi obrazlar va so‘zlashuv-mantiqiy tiplarga ham bo‘linadi. Aytaylik, bir xil odamlar (rassomlar, yozuvchilar, musiqachilar) ranglar, hidlar, tovushlar va hokazolarni, boshqalar esa tafakkur, ma’no, matematik formulalarni (olimlar, tadqiqotchilar) osonlik bilan xotirada saqlab qoladilar. Eslab qolishda ishtirok etadigan organizm sezgi a’zolariga (analizatorlari) qarab, xotiraning ko‘rish, eshitish va harakat bilan bog‘liq tiplari farq qilinishi barchaga ma’lum.

Muxtasar qilib aytganda, xotirani kuchaytirishda ushbu tiplarni alohida emas, balki birgalikda rivojlantirish foydali hisoblanadi. Masalan, odamda ko‘rish xotirasi kuchli bo‘lsa, endi eshitish va harakatlarni (tovush chiqarib o‘qish, yuz mimikasi, qo‘l harakatlari) ham ishga solgan holda xotirasini oqilona ravishda rivojlantirish lozim. Hozir, xotirani kuchaytirish uchun nimalarga amal qilish kerak? Quyidagi tavsiyalarga e’tibor qiling:

  1. Kundalik Rejimni To‘g‘ri Tashkil Etish: O‘z vaqtida dam olish va mehnat qilishni almashlash, jismoniy va aqliy qattiq charchash, yetarli bo‘lmagan yoki yomon uyqu, chekish va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish xotirani pasaytirib yuborishini unutmaslik kerak.

  2. Yangi Bilimlarga Ega Bo‘lish: Tanish bo‘lmagan faktlar, ma’lumotlar, holatlarni o‘zingizga ma’lum bo‘lmaganlari bilan solishtirish kerak. Ko‘p narsani biladigan odam, yangi bilimlarni osonlik bilan o‘zlashtiradi, chunki undagi mavjud bilimlar bilan yangi bilimlar tezda o‘zaro aloqa bog‘lashga erishadi;

  3.  tez va mustahkam eslab qolish uchun shart bo‘lgan yana bir jihat, bu – diqqatdir. Bvrchaga ma’lumki, diqqat qilmasdan qayta-qayta o‘qilganiga qaramasdan matn yodda qolmaydi va foydasi ham yo‘q;

  4. biron-bir materialni xotirada uzoq saqlab qolish uchun uni tushunish, ma’nosini anglash kerak, o‘qilgan material mazmunini qog‘ozga qisqacha yozib olish ham ijodiy yondashuvni bildiradi;

  5. ish jarayonida qiyin materialni yengili bilan, qiziqarlini qiziqarsizi bilan o‘rin almashtirib o‘qish foydalidir. Katta va og‘ir materialni kunning oxiriga saqlab qo‘ymang, aksincha, ishni og‘iridan boshlash kerak;

  6. xotirani muntazam takomillashib borishi va so‘zsiz sizga xizmat qilishi uchun unga kuchi yetmaydigan vazifalarni yuklamang. Ko‘pincha materialning barchasini esda saqlab qolish kerak, deb hisoblaydilar va bu noto‘g‘ri yondashuv. Masalan, kitob bilan ishlashda asosiyni ikkinchi darajalisidan farqlashga odatlanish hamda asosiysiga e’tiborni kuchaytirish lozim va materialni barchasini birdek yaxshi eslab qolishga harakat qilmang;

  7. samarali va mustahkam eslab qolish, qaytarish bilan bog‘liqdir, lekin qaytarish birin-ketin bo‘lmasdan, vaqtga nisbatan bo‘laklarga bo‘linishi hamda material yodlab bo‘lingach, qaytarish oldiniga tez-tez, keyinchalik kamroq bo‘lishi lozim. Qaytarish usulini turlicha bo‘lishiga e’tibor qiling. Aytaylik, bir safar materialni o‘qib chiqish, boshqa bir safar savollar tuzib, ularga javob berish tariqasida bo‘lgani samarali bo‘ladi;

  8. garda o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan materialga qiziqishingiz kuchli bo‘lsa, yodda saqlashingiz ham unumli bo‘ladi;

  9.  mabodo sizni tezda yodlash qobiliyatingizda biron-bir ishonchli, sinovdan o‘tgan usulingiz bo‘lsa, bu ham foydali bo‘ladi. Masalan, qo‘l harakatlari, yuzdagi mimika (mnemonika, mnemotexnika), xonada odimlash bilan yodlash usulikabilarni qo‘llash mumkin;
    Ma’lumki, odamni yoshi ulg‘ayib borgan sari xotirasi ham zaiflashib, ma’lumotlarni tezda xotirasida saqlab qolish va qayta tiklash jarayoni yomonlashadi. Taniqli rus psixiatri S.S.Korsakov ushbu holatni, bosh miyadadagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini almashinuvining sekinlashishi bilan bog‘laydi. Buni yaqinda olingan taassurotlarni esdan chiqarib qo‘ygan holda, o‘tmishdagi voqea-hodisalarni xotirasida saqlab qolgan bemorlar (yuqumli kasalliklar, spirti ichimliklardan zaharlanish oqibatida) haqida batafsil ilmiy kuzatishlarni yozib qoldirgan. Xotiradan ahamiyatli bo‘lgan taassurotlarni to‘liq yoki qisman yo‘qolib qolishi, aksariyat bosh miyani qattiq jarohatlaridan keyin kuzatiladi va unga amneziya deb nom berilgan. Ba’zi odamlarda (masalan, musiqachilarda o‘ziga tanish bo‘lgan musiqa asbobidan foydalanishda, tilshunosda o‘z ona tilisini yodda qoldirib, xorijiy tilni esdan chiqarishi, ayrimlarda hatto o‘qishni ham esdan chiqarib qo‘yish) ateroskleroz, miyada qon quyilishi, boshni og‘ir jarohati, keksalardagi ruhiyatni buzilishi holatlarida xotirani o‘ziga xos o‘zgarishlari kuzatilgan.
    Xotiraning ayrim buzilishlarini davolash mumkin, barchasi xotirani buzilishiga olib kelgan sabablar va o‘zgarishlarning darajasiga bog‘liq.

(“Здоровье” jurnali, 1960, № 6, t.f.n. Yu.B. Rozinskiy, V.P.Shershakov maqolasi asosida tayyorlandi)