XURRAKDAN DAVOLANISH MUMKINMI?
img description
Xurrakdan davolanish: sabablari va davolash usullari

XURRAKDAN DAVOLANISH MUMKINMI?

Xurrak, og‘zi ochiq holda uxlayotgan odamni nafas olish harakatida kuchli va kuchsiz tovushda ro‘y berib, havo oqimini ta’sirida yumshoq tanglayni hilpirashi natijasida kelib chiqadi. Ko‘pincha (burundagi biron-bir kasallik, ba’zan burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini shishishi oqibatida), xurrak burun bilan nafas olish qiyin bo‘lgan odamlarda uchrab, aksariyat osmonga qarab yotgan holatida miyaga qonni ko‘p kelishi sababli kuchayadi.

Yonboshlab yotgan odamda, shu tomonidagi burun bo‘shlig‘ining shilliq qavati shishadi, ikkinchi burun bo‘shlig‘i esa ochiq qoladi va burundan nafas olish to‘liq bekilmagan holda xurrak otish to‘xtaydi yoki kuchsiz tovushda ro‘y beradi.

Ba’zida bolalarda ham xurrak otish bo‘ladi. Aksariyat burundagi adenoidni mavjudligi yoki yumshoq tanglaydagi bodomsimon bezni kattalashuvi sababli xurrak sodir bo‘ladi. Xurrak bemorni deyarli bezovta qilmaydi, ammo atrofdagilarga noqulaylik tug‘diradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, xurrakni ko‘pchilik hollarda davolash mumkin. Buning uchun burundan anafas olishni tiklash kerak. Ayniqsa, bolalarni davolash samarali kechadi: adenoidni olib tashlash va kattalashgan bodomsimon bezni davolash, burundan nafas olish imkoniyatini beradi.

Tajribali otolaringolog uyqu paytida nafas olishni qiyin bo‘lishi sababini aniqlashi va tegishli davolash usulini taklif etadi.


(“Здоровье” jurnali, 1960, № 6, shifokor M.Ye.Puzrin maqolasi asosida tayyorlandi)