YONG‘OQ HAQIDA
img description
Qiziqarli faktlar

Shimoliy Kavkaz, Qrim va O‘rta Osiyoda yong‘oqdan (grek yong‘og‘i) mo‘l hosil olinadi.

Yong‘oqni mag‘zi – bebaho oziqa hisoblanadi va tarkibida 55 foizga yaqin yengil hazm bo‘ladigan 

yog‘lar hamda o‘zida ko‘plab foydali to‘yinmagan yog‘ kislotalari, 15 foiz atrofida oqsil va 8 foiz uglevodlar bo‘ladi.

Yong‘oqni kletchatkasi (biriktiruvchi to‘qima) organizmda hazm bo‘lmaydi, ammo sog‘lom ichak faoliyatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, yong‘oqni oshqozon va ichaklardagi kasalliklarida organizmga zarar keltirishini esdan chiqarmaslik lozim.

Yong‘oqlar yuqori kaloriyali bo‘ladi: 100 gramm yong‘oq mag‘zi 600 katta kaloriyadan ortiq quvvat beradi. Shuning uchun yong‘oq semirishga moil odamlarga foydali hisoblanmaydi. Yong‘oq mag‘zi odam uchun kerakli bo‘lgan minerallarga (kaliy, magniy, fosfor, kalsiy, temir) boydir. Pishmagan, xom yong‘oq tarkibida askorbin kislota (Vit.S) ko‘p bo‘lib, yong‘oq pishigan sari undagi askorbin kislota miqdori ham kamayib boradi. Shuningdek, yong‘oqda oz miqdorda Vit V1 ham bo‘ladi.

Yong‘oq mag‘zi tabiiy holda iste’mol qilinadi hamda qandolatchilik mahsulotlarini (pirojniy, tort, yong‘oqli holva, konfet) tayyorlashda ishlatiladi. Shu bilan birga, yong‘oq mag‘zidan yengil hazm bo‘ladigan och sariq rangdagi yong‘oq yog‘i olinadi va undan sog‘lom odamni ovqat ratsionida hamda ateroskleroz o‘t puffagi, jigar kasalliklarini davolashda foydalanilish mumkin. Yong‘oq mag‘zidan yong‘oq suti ham tayyorlash mumkin va uni shifokor tavsiyasiga binoan quvvatsizlanib qolganlar hamda og‘ir darajadagi bemorlarga beriladi. Yong‘oq sutini tayyorlash qiyin emas. Buning uchun 100 gramm yong‘oq olinib, hovonchada maydalanadi, 200 gramm sut bilan qaynatib, suzgichdan o‘tkaziladi va 10 gramm shakar qo‘shiladi.

Agarda yong‘oq mag‘zi mog‘or bosgan va achchiq ta’mli yoki boshqa bir yoqimsiz mazaga ega bo‘lsa, uni tashlab yuborgan ma’qul, chunki uni iste’mol qilinsa oshqozon-ichak faoliyatini buzishi mumkin.



(“Здоровье” jurnali, 1960, № 6, t.f.n. N.S.Dubyuk maqolasi asosida tayyorlandi)