Yo‘lda yurib ketayotgan keksa odam to‘xtab, bir qo‘lini ko‘kragiga qo‘ygancha, ikkinchi qo‘lini cho‘ntagiga darhol solib, undan idishdagi tabletkani olib og‘ziga soldi. Uning ko‘zlarida qo‘rquv, qarashlarida sarosima, xavotir ifoda etardi. Dorini ichgach, biroz yengil tortgandek bo‘ldi va yana yo‘lida davom etdi. Nima bo‘ldi? Bexato aytish mumkinki, unda yurak siqilish kasalligini (stenokardiya) xuruji ro‘y bergan edi.
Bemorlarda ushbu ko‘rinishdagi yurak sohasida bo‘ladigan vaqti-vaqti bilan qaytalanib turadi. Og‘riq odatda ko‘krakni to‘sh orqasida to‘satdan paydo bo‘lib, ko‘pincha chap qo‘lga, ba’zan o‘ng qo‘l va kurak, bo‘yin sohalariga, kamdan-kam hollarda oyoqqa tarqaladi.
Stenokardiya xurujlari bir necha daqiqadan bir qancha kungacha davom etishi mumkin. Ma’lumki, xomiladorlikning uchinchi oyida ura boshlagan yurak odamni butun hayoti davomida charchash bilmay ishlaydi.
Stenokardiya – yurak toj qon tomirlari funksiyasini buzilishi natijasida ro‘y beradi. U yoki bu sababga ko‘ra qisqargan yurak tomiridan qonni siqilib o‘tishi natijasida yurakni qon bilan ta’minlanishi kamayadi, ya’ni kislorod tanqisligi sodir bo‘ladi. Agarda stenokardiya og‘riqlariga beparvo bo‘linsa, vaqt o‘tib yurak xurujlaridan birida mayda qon tomirlardan biri berkilib qolishi mumkin va oqibatda miokard infarkti kelib chiqadi, tana harorati ko‘tarilib, laborator qon tahlilida o‘zgarishlar aniqlanadi. Demak, bemordagi stenokardiyani oldi olinmagan va davolanmagan taqdirda, har bir xuruj miokard infarktidan darakchi hisoblanadi.
Ko‘pincha, stenokardiya 40 yoshdan keyin sodir bo‘ladi, 20-30 yoshlarda esa juda kam kuzatiladi. Ayollarga nisbatan erkaklarda ko‘proq uchraydi.
Ushbu kasallikni ikki xili farq qilinadi – zo‘riqish stenokardiyasi va tinch holatdagi stenokardiya. Zo‘riqish stenokardiyasi tez yayov yurishda, yugurish bo‘yicha musobaqa marrasiga yetib kelgan sportchida, uzoq vaqt og‘ir jismoniy mehnatdagi zo‘riqish sababidan yuz beradi. Bunday paytda ozgina to‘xtab dam olinsa, og‘riq o‘tib ketadi. Tinch holatdagi stenokardiya, aksariyat keksa odamlarda uchraydi va odatda tungi paytda, uyquda bezovta qiladi. Bemor uyqudan qo‘rquv bilan uyg‘onadi. Odatda uni bezovtalanishiga o‘rin yo‘q, qon tomirlarni kengaytiruvchi validol yoki nitroglitserin qabul qilingach, yurak sohasidagi og‘riq tezda yo‘qoladi.
Ta’kidlash lozimki, yurak sohasida bo‘ladigan og‘riqlarni barchasi ham stenokardiya sababli bo‘lmaydi. Masalan: qovurg‘alararo nevralgiya, umurtqa pog‘onasini bo‘yin-ko‘krak qismi osteoxondrozi, revmatizm, yurak nevrozida ham yuqoridagi og‘riq belgilari ro‘y beradi. Ba’zan, stenokardiya ateroskleroz va xafaqonlik kasalliklarini yo‘ldoshi sifatida ham kuzatiladi. Bunday paytda, qon tomirlar (jumladan, yurakdagi) devorida yog‘lar – xolesterin moddasini to‘planib, uni toraytirib qo‘yishi, kasallikni asosiy sababchisi bo‘ladi.
Stenokardiyani oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlarga qat’iy amal qilish tavsiya etiladi:
/”Здоровье” jurnali”, 1962, № 3, prof. I.A.Chernogorov maqolasidan foydalanildi/.