Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Preparatning har qanday komponentiga (asosiy yoki yordamchi moddalar) yuqori sezuvchanlik, makrolidlar, penisillinlar, sefalosporinlar, karbapenemlarga yuqori sezuvchanlik; klaritromitsinni quyidagi dorilar bilan bir vaqtda qo‘llash: astemizol, sisaprid, pimozid, terfenadin; javdar zamburug‘i alkaloidlari, masalan, ergotamin, digidroergotamin; og‘iz orqali qo‘llaniladigan midazolam; HMG-KoA-reduktaza (statinlar) ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish (ularning CYP3A4 izofermenti orqali katta miqdorda metabolizmga uchrashi sababli, lovastatin, simvastatin) – bu miyopatiya, jumladan rabdomioliz xavfini oshiradi; jigar va buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda kolxitsin bilan bir vaqtda qo‘llash; anamnezida QT intervalining uzayishi, qorinchalar aritmiyasi yoki "piruet" tipidagi qorinchalar taxikardiyasi mavjud bemorlarda; gipokaliemiya (QT intervalini uzaytirish xavfi); jigar va buyrak yetishmovchiligi birgalikda kechadigan og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda; klaritromitsin qo‘llanganda paydo bo‘lgan xolestatik sariqlik/gepatit anamnezda; porfiriya; emizish davri va homiladorlik; atopik dermatit, bronxial astma, pollinoz, infeksion mononukleoz, limfoleykoz, jigar yetishmovchiligi, anamnezida me’da-ichak traktining kasalliklari (ayniqsa, antibiotik bilan bog‘liq kolit); 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar; saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.
Diqqat bilan qo‘llash: o‘rtacha va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi, o‘rtacha va og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi, miasteniya gravis (belgilar kuchayishi mumkin); CYP3A izofermenti orqali metabolizmga uchraydigan preparatlar (masalan, karbamazepin, silostazol, siklosporin, dizopiramid, metilprednizolon, omeprazol, bilvosita antikoagulyantlar, masalan, varfarin, xinin, rifabutin, sildenafil, takrolimus, vinblastin) bilan bir vaqtda qo‘llash; CYP3A4 izofermentini induktsiya qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash (masalan, rifampitsin, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, ziravor); benzodiazepinlar (masalan, alprazolam, triazolam, tomir ichiga qo‘llanadigan midazolam); CYP3A4 izofermenti orqali metabolizmga uchraydigan kalsiy kanali blokatorlari (masalan, verapamil, amlodipin, diltiazem) bilan bir vaqtda qo‘llash; yurak ishemik kasalligi (YIK), og‘ir yurak yetishmovchiligi, gipomagniemiya, aniq ifodalangan bradikardiya (50 marta/minutdan kam), shuningdek, IA klassi antiaritmik preparatlar (xinin, prokainamid) va III klassi antiaritmik preparatlar (dofetilid, amiodaron, sotalol) bilan bir vaqtda qabul qiladigan bemorlar, keksa yosh, anamnezda qon ketishlari, allergik reaktsiyalar (jumladan, anamnezda), kopyidrogel bilan birga qo‘llanadigan bemorlar.