Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
oxirgi hayz ko‘rish davridan keyingi bir yil ichida;ko‘krak bezi saratoni yoki unga shubha mavjud (shu jumladan, anamnezda);estrogenlarga bog‘liq yomon sifatli o‘smalar (masalan, endometriy saratoni) yoki ularga shubha mavjud (shu jumladan, anamnezda);nomalum etiologiyali vaginal qon ketishi;mualaja qilinmagan endometriy giperplaziyasi;hozirgi vaqtda yoki anamnezda (shu jumladan, chuqur vena trombozi va tromboflebit, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, miokard infarkti, ishemik yoki gemorragik serebrovaskulyar buzilishlar) trombozlar (venoz yoki arterial) va tromboemboliyalar;trombolitik holatlar (masalan, protein C, protein S yoki antitrombin III tanqisligi);trombga moyil holatlar (shu jumladan, tranzitor ishemik xurujlar, stenokardiya) hozirgi vaqtda yoki anamnezda;kuchli yoki ko‘p sonli venoza yoki arterial tromboz xavf omillari (masalan, atriyal fibrillyatsiya, yurak klapanlari tizimi va subakut bakterial endokarditning murakkab shikastlanishi, nazorat qilinmagan arterial gipertenziya, uzoq vaqt immobilizatsiya talab qiladigan keng ko‘lamli jarrohlik amaliyoti, og‘ir travma, semizlik (BMI >30 kg/m2), 35 yoshdan katta bo‘lganlarda chekish);dekompensatsiya bosqichidagi yurak qon-tomir yetishmovchiligi;hozirgi yoki o‘tmishda kuzatilgan jigar kasalligi yoki undan keyin jigar faoliyati ko‘rsatkichlari normal holatga qaytmagan holatlar;jigar yetishmovchiligi;jigar o‘smasi (yomon yoki yaxshi xildagi, shu jumladan, jigar adenomalari) hozirgi vaqtda yoki anamnezda;porfiriya;oldingi homiladorlik yoki anamnezda gormonal kontratseptiv preparatlar qo‘llanilishi bilan bog‘liq o‘toskleroz;kam uchraydigan irsiy kasalliklar, masalan, galaktoz intoleransi, lapp laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya;homiladorlik;emizish davri;preparatning faol moddasi yoki har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik.Ehtiyot choralarini ko‘rish Agar quyidagi holatlar/kasalliklardan birortasi ayni vaqtda mavjud bo‘lsa, ilgari kuzatilgan bo‘lsa va/yoki homiladorlik yoki oldingi gormonterapiya davrida og‘irlashgan bo‘lsa, bemor shifokor tomonidan sinchkov nazorat ostida bo‘lishi kerak. Bunday holatlar/kasalliklarga quyidagilar kiradi: dekompensatsiya belgilari kuzatilmaydigan yurak qon-tomir yetishmovchiligi;estrogenlarga bog‘liq o‘sma xavf omillarining mavjudligi (masalan, yaqin qarindoshlarda (ona, opa-singillar) ko‘krak bezi saratoni mavjudligi);nazorat qilinayotgan arterial gipertenziya;qonda xolesterin miqdorining oshishi;uglevod almashinuvining buzilishi, asoratlari mavjud yoki mavjud bo‘lmagan shakldagi qandli diabet;o‘t-tosh kasalligi;migren yoki kuchli bosh og‘rig‘i;SKV;anamnezda endometriy giperplaziyasi;epilepsiya;bronxial astma;buyrak yetishmovchiligi;homiladorlik yoki gormonal kontratseptiv preparatlar qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘toskleroz.Tibolon bilan davolanish davrida ushbu holatlar/kasalliklar qaytalanishi yoki og‘irlashishi mumkinligini e’tiborga olish kerak.