Belgilar: ortiqcha terlash, terining oqishi, ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'rish qobiliyatining noaniqligi, quloqlarda shovqin, diplopiya, qon bosimining pasayishi, bradikardiya, aritmiya, uyquchanlik, sovuq qotish, karaxtlik, titroq, bezovtalik, qo'zg'alish, tutqanoq, metgemoglobinemiy, yurak to'xtashi. Davolash: intoksikatsiyaning birinchi belgilarida (bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish, eyforiya) bemor gorizontal holatga o'tkaziladi va kislorod inhalatsiyasi buyuriladi; psixomotor qo'zg'alish hollarda - vena ichiga 10 mg diazepam; tutqanoq holatlarida - vena ichiga 1% geksobarbital yoki tiopental natriy eritmasi; bradikardiyada - vena ichiga 0,5-1 mg atropin, simpatomimetik vositalar qo'llaniladi. Dializ samarasiz.