Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Anamnezda angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlarini qo'llash fonida; irsiy Kvinke shishi yoki idiopatik shish; homiladorlik; emizish davri; 18 yoshgacha bo'lgan yosh (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan); lizinopril, preparatning boshqa komponentlariga va boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: Aortal stenoz, serebrovaskulyar kasalliklar (jumladan, miya qon aylanishining yetishmovchiligi), ishemik yurak kasalligi, og'ir autoimmun biriktiruvchi to'qimaning tizimli kasalliklari (shu jumladan, tizimli qizil yuguruk, sklerodermiya), suyak iligi gematopoezining susayishi, qandli diabet, giperkaliemiya, ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozi yoki yagona buyrak arteriyasi stenozi, buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat, buyrak yetishmovchiligi, azotemiya, birlamchi giperal’dosteronizm, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, arterial gipotenziya, tuz iste'molini cheklangan parhez, OOK pasayishi bilan kechadigan holatlar (jumladan, diareya, qayt qilish), keksa yosh; yuqori o'tkazuvchanlikka ega AN69® dializ membranalaridan foydalanilgan gemodializ.