Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Lizinopril, boshqa AAF ingibitorlari va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; anamnezda angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlari fonida; irsiy Kvinke angionevrotik shishi yoki idiopatik shish; homiladorlik; emizish davri; 18 yoshgacha bo'lgan yosh (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan); laktoza intoleransi, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya. Ehtiyotkorlik bilan: Aorta ostonasining stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozi, yagona buyrak arteriyasi stenozi, buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat, og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), birlamchi giperal’dosteronizm, arterial gipotenziya, suyak iligi gematopoezining susayishi, giponatremiya (kam tuzli yoki tuzsiz parhezda bo'lgan bemorlarda arterial gipotenziya rivojlanish xavfi yuqori), OOK pasayishi holatlari (diareya, qayt qilish), tizimli biriktiruvchi to'qima kasalliklari (tizimli qizil yuguruk, sklerodermiya), qandli diabet, giperkaliemiya, ishemik yurak kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar (miya qon aylanishining yetishmovchiligi), og'ir surunkali yurak yetishmovchiligi, yuqori o'tkazuvchanlikka ega AN69® dializ membranalaridan foydalanilgan gemodializ, keksa yosh.